“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:34
ЎЗO‘Z

Tojikiston prezidentining 21 yoshli o‘g‘li hayotidagi ilk lavozimga tayinlandi

14 okt, 12:57 4 570 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston prezidentining 21 yoshli o‘g‘li hayotidagi ilk lavozimga tayinlandi Foto: president.tj
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning kenja o‘g‘li – 21 yoshli Somon Imomali “Talko Kabel” alyuminiy kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Somon mehnat faoliyatidagi ushbu birinchi lavozimni Tojik milliy universitetini bitirishi bilanoq oldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Nashr manbalaridan birining ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston prezidentining o‘g‘li ushbu lavozimda 3 oydan beri ishlamoqda.

“Aslida, uni bu yerga amaliyot o‘tash va tajriba orttirish uchun yuborishgan. O‘z vaqtida prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Imomali o‘z mehnat faoliyatini yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita va iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida boshlagan. U so‘ngra bojxona xizmati va aksilkorrupsion agentlikdagi rahbarlik lavozimlariga olingan”, deb aytgan manba.

Boshqa manbaning xabar berishicha, Somon Imomali ham iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida amaliyot o‘tamoqda, biroq u yerda rasman qayd qilinmagan.

2017 yil 8 martda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati Somonning bir nechta suratlarini ilk bor e’lon qilgan. Suratlardan birida uning otasi Imomali Rahmon va akasi Rustami Imomali bilan birgalikda Dushanbeda ko‘chat o‘tqazish tadbirida ishtirok etayotgani tasvirlangan bo‘lgan.

Tojikiston prezidentining 7 qizi va 2 o‘g‘li bor. Ulardan aksariyati yuqori lavozimlarni egallaydi. Imomali Rahmonning 2-qizi Ozoda Rahmon prezident apparatini boshqaradi, to‘ng‘ich o‘g‘li Rustami Imomali poytaxt Dushanbega merlik qiladi. Rahmonning 4-qizi Ruhshona Rahmonova tashqi ishlar vazirligining bo‘limlaridan birida boshliq, 6-qizi Zarina Rahmon respublikaning eng yirik banklaridan biri hisoblangan “Oriyonbank”da rahbar o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar