“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Turkiya parlamenti deputati Shirin Unal Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan ilk bayonotini berdi

13 okt, 07:07 4 354 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya parlamenti deputati Shirin Unal Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan ilk bayonotini berdi Turkiya xalq vakili, iste’fodagi general Shirin Unal Nodira Qodirova ishi yuzasidan mamlakat parlamentida ilk daf’a izoh berdi.
Hukmron AK partiyasi vakili ko‘ngilsizlik ro‘y bergach, nimalar bo‘lganini jonli efir chog‘ida ochiqladi. Bu haqda Twitter tarmog‘ining Biz10 TV sahifasida ma’lum qilingan.

«Ikki hafta avval xonadonimizda ko‘ngilsizlik ro‘y berdi. So‘zimning avvalida marhumaga Allohdan rahmat tilayman.

Bu bechora qiz yanvar oyida kelgan bo‘lib, 20 yildan buyon to‘shakka mixlanib qolgan bemor rafiqamga qarayotgan ikki xizmatkordan biri edi. Keyingi 2-3 oyda unda ruhiy o‘zgarishlar bo‘layotganini sezib, ikkinchi xizmatchini oldik. Nodira uni ketkazmoqchi edi, o‘zini ketkazdi, Alloh rahmatiga olsin.

Hodisaning 5-daqiqasida politsiya, tez yordam keldi. Ular kelgunga qadar biz kichik qizim bilan u qamalib olib o‘zini o‘ldirgan xona eshigini ochishga urindik. Yelkam hali ham og‘riyapti, afsuski eplay olmadik. 3-4 politsiya xodimi eshikni ochishga urina boshladi va nihoyat ochishdi. Qizni eltgichga qo‘yib tezda shifoxonaga yetkazdilar.

Yarim soatlarda Anqara politsiyasi mudiri yonimizda edi. Bir necha daqiqalardan so‘ng navbatchi prokuror ham yetib keldi. Men har ikkisiga qo‘limdan kelguncha yordam berishimni aytdim.

Oilamizning har bir a’zosi bemor xotinimdan tortib, ikkinchi xizmatchimizgacha, kechaning yarmiga qadar savollarga javob berdik. Prokurorga 15 daqiqa davomida hodisani sizlarga tushuntirayotganim kabi barchasini so‘zlab berdim. So‘ngra prokuror shifoxonaga borib, u yerda ham surishtiruv o‘tkazdi.

Men deputatlik daxlsizligim borligiga qaramay, barmoq izlarimni topshirdim, porox izlari bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha amaliyotlarini o‘tkazishdi. Alloh hech kimning, sizning ham mening ham boshimizga bunday ko‘rgulikni solmasin», – degan Unalning so‘zlari bilan yakunlanadi videolavha.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar