“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi

12 okt, 23:47 2 542 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi AQShning Nasdaq birjasida savdo kuni ochilganidan so‘ng Yandeksning aksiyalari 17 %ga pasaydi. Bunga noyabr oyida Rossiya Davlat Dumasi Internet-resurslaridan foydalanishga doir yangi qonun loyihasi sabab bo‘lmoqda. Kompaniya aksiyalari narxi 1.5 mlrd $ga arzonlab, hozirda umumiy kapitalizatsiyasi 10 mlrd $dan pastladi.

Kecha Davlat Dumasi qonun loyihasini noyabr oyida ko‘rib chiqishini e’lon qildi. Yangi loyihaga ko‘ra, "Internet tarmog‘idagi muhim axborot resursi" tushunchasi amalga kiritiladi va bunday resurslarning ustav fondida "xorijiy sarmoyalar miqdori 20%dan oshishiga" yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, chet el sarmoyadorlari uchun cheklovlar o‘rnatiladi. Yandeks esa aynan shunday, "Internet tarmog‘idagi muhim axborot resursi" deya tasniflanishi mumkin.

"Hozirgi talqinda u haqiqatan ham asosiy ishtirokchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi", dedi axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Leonid Levin. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitaning vazifasi "xavfsizlik" va "investitsiya"ni yaqinlashtirish hisoblanadi.

"Hech qanaqa muammoni ko‘rmayapman, bugun tushgan bo‘lsa (aksiyaning narxi - tahr.), ertaga oshadi. Sizlarga maslahatim, birorta ushbu qonunga qarshi amaldor topib, undan bayonot oling. Shunda aksiyalaringiz narxi oshadi", - deydi qonun loyihasi muallifi deputat Gorelkin o‘zining telegram kanalida.

VTB bank tahlilchilari fikricha, Yandeks aksiyalari tushishiga sabab qonun loyihasining o‘zidan ham ko‘ra, uning OAVda keng yoritilayotganligidir. Hatto qonun qabul qilinishi so‘roq ostida turganiga qaramay, bir qancha investorlar aktivlarini riskka qo‘yishni istamayapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 16
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 7
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar