“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:54
ЎЗO‘Z

Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi

10 okt, 06:00 2 858 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Bayden Ukraina rahbariyatidan uning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan tergov o‘tkazilishiga erishmoqchi bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi.

“Donald Tramp o‘z prezidentlik qasamyodini buzdi, millatimizga xoinlik qildi va impichment ostiga tushuvchi harakatlarni sodir etdi”, deb aytgan Bayden Rochesterdagi tarafdorlari oldidagi nutqida.

“Tramp va uning emissarlari Ukraina yetakchilarini uning [Trampning] siyosiy foydasi uchun bir necha marta qo‘rqitganlar. Ular Ukrainaga bosim o‘tkazish uchun siyosiy ko‘mak yoki hayotiy zarur harbiy yordamni to‘xtatib turishgan. Bu juda jiddiy masala. AQSh qayta saylanishi uchun har qanday vakolatini suiiste’mol qiluvchi prezidentni o‘ziga ep ko‘rolmaydi”, deb aytgan Bayden.

Avvalroq demokratlar Trampni o‘zining shaxsiy siyosiy maqsadlarida Ukraina rahbariyatiga bosim o‘tkazishda gumon qilib, unga qarshi impichment jarayonini boshlashgandi. Biroq Tramp aybi borligini rad etmoqda va kongress tergovi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden Ukrainadagi eng yirik xususiy gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan Burisma Group direktorlar kengashi tarkibiga kirgan. Jo Bayden 2016 yilda AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan kezda Kiyevdan qat’iy aksilkorrupsiyaviy siyosat o‘tkazishni talab qilgan va bu siyosat doirasida Burisma faoliyatini tergov qilish bilan shug‘ullangan o‘shandagi bosh prokuror Viktor Shokinni iste’foga chiqarishga chaqirgan. Keyinroq Shokin o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. 2017 yil avgustda Burisma ishi bo‘yicha tergov yopilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 0
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar