“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:38
ЎЗO‘Z

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining nomi ma’lum bo‘ldi

07 okt, 18:56 2 776 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarining nomi ma’lum bo‘ldi Foto: AFP
Tibbiyot bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofoti Uilyam Kelin, Peter Ratkliff va Gregg Semensa tomonidan tirik hujayralar kislorod borligiga qanday reaksiya bildirishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot uchun olindi. Bu haqda Karolin tibbiyot instituti qoshidagi Nobel qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita xabarnomasida ta’kidlanganidek, garchi kislorodning hayot uchun asosiy ahamiyati uzoq vaqtdan beri tushunarli bo‘lsa-da, biroq hujayralarning ushbu gaz darajasidagi o‘zgarishlarga qanday moslashishi noma’lum bo‘lib qolayotgandi.

«Ular turli darajadagi kislorodga javoban genlar faolligini tartibga soluvchi molekulyar mexanizmni aniqlashdi. Bu yilgi Nobel mukofoti laureatlarining fundamental kashfiyoti hayotdagi eng muhim moslashish jarayonlaridan birining mexanizmini ochib berdi», -deyiladi xabarnomada.

Bu yilgi laureatlarning tadqiqoti kislorod darajasi moddalar almashinuviga qanday ta’sir qilishini tushunish uchun asos bo‘ldi. Bundan tashqari, ularning kashfiyoti anemiya, saraton va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishning yangi, istiqbolli usullarini yaratishga imkon beradi.

Taqdirlash marosimi an’anaga ko‘ra 10 dekabr, Nobel mukofotlari asoschisi - shvetsiyalik tadbirkor va ixtirochi Alfred Nobelning vafot etgan kuni o‘tkaziladi.

U vasiyat qilgan beshta mukofotdan to‘rttasi Stokholmda topshiriladi. Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi o‘z mukofotini Osloda 10 dekabr kuni oladi.
Nobel mukofotlaridan har birining miqdori to‘qqiz million shved kronasi (950 ming dollardan ozroq)ni tashkil etadi.
Nobel mukofoti, tibbiyot




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar