“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

Almazbek Atamboyevga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi

05 okt, 12:05 3 363 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Almazbek Atamboyevga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi Foto: knews.kg
Bishkekning Pervomaysk tuman sudiga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha jinoiy ish yo‘llandi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasida ma’lum qilingan.

Ushbu ish tergovi davomida Qirg‘izistonning sobiq prezidenti, hozirda hibsda ushlab turilgan Almazbek Atamboyevga “Uyushgan jinoiy guruh manfaati yo‘lida korrupsiyani tashkillashtirish” moddasi bo‘yicha jinoyatlar sodir etishda gumon qilinishi haqida bildirishnoma topshirilgan. Jinoiy ish bosh prokuraturaga kelib tushgan.

Prokuraturaning ma’lum qilishicha, ishning o‘rganilishi natijalariga ko‘ra Atamboyevga, sobiq bosh prokuror Indira Joldubayevaga, Jazoni ijro etish davlat inspeksiyasi sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyevga hamda gematologiya markazi rahbari Abduxalim Raimjanovga ayblov aktlari topshirilgan.

Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ayblov akti olingani, hozir uni huquqshunoslar o‘rganayotganini aytgan.
“Ayblov akti bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan imzolangan. Shu ondan boshlab bu 4 kishi ayblanuvchi hisoblanadi”, deb aytgan Slesarev.

Chechen millatiga mansub jinoiy avtoritet Aziz Batukayev 1990-yillar o‘rtalarida Qirg‘izistondagi eng yirik jinoiy guruh yetakchilaridan biri bo‘lgan. 2014 yilda u uydirma vajlar bilan Qirg‘izistondagi turmadan muddatdan oldin ozod qilinib, Chechenistonga yetkazilgan. Bu voqea bir necha yillar o‘tib Atamboyevga qarshi jiddiy dalilga aylangan. 2019 yil 9 avgustda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi Atamboyevni Batukayevning noqonuniy ozod etilishiga aloqadorlikda ayblagan. Ish materiallarida aytilishicha, “qonundagi o‘g‘ri” turmadan shaxsan Atamboyevning buyrug‘i bilan ozod etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar