“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:00
ЎЗO‘Z

Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar haqida gapirib berdi

01 okt, 14:43 5 399 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar haqida gapirib berdi Amerikalik milliarder, SpaceX asoschisi Ilon Mask yakshanba kuni kechqurun insoniyatning fazoni batafsil o‘rganishi zarurligi hamda galaktikamizda bizdan boshqa ongli mavjudotlar borligi haqidagi munozaralarda qatnashdi. U Texasda bo‘lib o‘tgan Marsga uchishi rejalashtirilayotgan yangi raketasi StarShip taqdimotida shunday dedi:

“Biz yagona ongli mavjudotlarmiz. Hayotning boshqa shakllari ham bo‘lishi mumkin, ammo biz ularning izlarini ko‘rmadik. Men o‘zga sayyoraliklarning biron bir alomatni ko‘rmadim”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Internetda tarqalgan «51-zona» deb nomlangan hududda harbiylar o‘zga sayyoraliklarni yashirmoqda degan gaplar shunchaki mish-mish xolos.

Ilon Mask kosmik tadqiqotlarga qiziqishi bilan mashhur, u o‘z nutqida insoniyatni «kosmik sivilizatsiya»ga aylanishga va kosmik parvozlarni havo orqali sayohat qilish imkoniyati yaratishga chaqirdi.

Uning eslashicha, Quyosh Yerni vayron qilishiga atigi yetti yuz million yil qolgan va shuning uchun insoniyat Mars kabi sayyoralarda barqaror aholi punktlarini barpo etishga intilishi kerak.

Starship konsepsiyasi birinchi bo‘lib 2016 yil sentyabri paydo bo‘lgan edi. Super Heavy raketasi Raptor 37 dvigateli bilan jihozlangan va quruqlikka yoki okeandagi maxsus barjaga vertikal qo‘nishi mumkin. 2018 yilda birinchi marta nomi e’lon qilingan Starship bu kabi oltita dvigatel bilan jihozlanadi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, kema olti oy ichida ilk marotaba Yer orbitasiga chiqarilishi mumkin. Agar hamma narsa rejaga muvofiq bo‘lsa, birinchi ommaviy uchishlar keyingi yilda amalga oshirilishi mumkin.

Sentyabr oyining boshida SpaceX yangi Raptor kislorodli metanli dvigatel yordamida 150 metr balandlikka ko‘tarilgan Starhopper demonstratorining sinov parvozlarini amalga oshirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 170
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 210
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar