“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:18
ЎЗO‘Z

Sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqchisi hibsga olindi

27 sen, 00:11 3 577 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqchisi hibsga olindi Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqchisi Kanat Saginbayevni hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda sud devonxonasida ma’lum qilingan.
“Sud qaroriga ko‘ra, u 8 oktyabrgacha 1-tergov izolyatoriga jo‘natilgan”, deyilgan xabarda.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimi bo‘lgan Saginbayev sobiq davlat rahbarlariga qonun bo‘yicha belgilangan davlat qo‘riqchisi sifatida Atamboyevga biriktirilgan bo‘lgan. Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya vaqtida Saginbayev o‘z lavozimini tark etish haqida buyruq olmagan va sobiq prezidentni huquq-tartibot idoralari xodimlaridan qo‘riqlashni davom ettirgan. 20 sentyabrda u qo‘mitadan bo‘shatilgan. Unga nisbatan “Bir guruh shaxslar tomonidan qotillik amalga oshirish”, “Ommaviy tartibsizliklar”, “Xizmat mavqeini suiiste’mol qilish” va “Tergovchi yoki boshqa mansabdor shaxs harakatlariga qarshilik ko‘rsatish” moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgustda Bishkekdan 20 km uzoqlikdagi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Atamboyevni uyida qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishgan. Ular Atamboyev tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezident tarafdorlari bunga javoban o‘t ochgan. Atamboyevni ertasi kuni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan. Ta’kidlanganidek, operatsiya vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir maxsus jangchi halok bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 0
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 110
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 237
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 145
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 61
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar