“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:14
ЎЗO‘Z

Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi

26 sen, 10:42 3 396 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Trampning 25 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan suhbati matnini (.pdf) e’lon qildi, deya xabar bermoqda Daryo.

Suhbat matnidan ma’lum bo‘lishicha, Tramp Zelenskiydan Jo Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya ishini tergov qilishni so‘ragan (AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden ayni vaqtda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligi uchun eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi).

«Jo Baydenning o‘g‘li haqida ko‘p gapirishyapti, emishki, Bayden tergovni to‘xtatgan va ko‘pchilik bu haqda bilishni xohlayapti, shunday ekan, bu borada bosh prokuror bilan birga chora ko‘rolsangiz, ajoyib bo‘lardi. Bayden ta’qibni to‘xtata olgani bilan maqtangan edi, shunday ekan, siz tergov qila olsangiz... Menimcha, juda jirkanch eshitilyapti», — deb aytgan Tramp suhbat vaqtida. Zelenskiy Ukraina rasmiylari bu ishni tergov qilishini aytgan.

E’lon qilingan stenogrammada qayd etilishicha, bu yerda Tramp va Zelenskiyning suhbati so‘zma-so‘z qog‘ozga tushirilmagan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Tramp suhbat vaqtida Ukrainadagi Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya faoliyatini tergov qilishda ko‘mak ko‘rsatishi uchun Zelenskiyga go‘yoki bosim o‘tkazgani haqida yozgan edi. Trampning muxoliflari uni Baydenning o‘g‘liga qarshi surishtiruvni Ukrainaga beriladigan 250 million dollarlik yordam bilan bog‘laganlikda ayblab chiqqandi.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 25 sentyabr kuni Donald Trampni impichment qilish uchun asos bor-yo‘qligini belgilab beruvchi rasmiy jarayon boshlanganini e’lon qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 170
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 210
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar