“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:10
ЎЗO‘Z

Dinozavrlarning so‘nggi kuni. U qanday bo‘lgan?

23 sen, 13:30 3 837 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dinozavrlarning so‘nggi kuni. U qanday bo‘lgan? Foto: FunScience
Bundan 66 million yil muqaddam Yerda umrguzaronlik qilib kelgan dinozavrlar uchun oxirzamon kuni bo‘lgan edi. O‘shanda taxminan 81 kilometr o‘lchamga ega ulkan asteroid hozirgi Meksika ko‘rfazi hududiga zarb bilan kelib urilgan va tarixda mislsiz ulkan global fojiani keltirib chiqargan. Oqibatda o‘sha paytda Yerda mavjud bo‘lgan tirik mavjudotlarning kamida 75 foiz qismi qirilib bitgan.

O‘sha dahshatli kunda voqealar qanday rivojlanganini Texas universiteti geofizik olimlari tomonidan tartiblab chiqilgan. Buning uchun ular o‘sha asteroid kelib urilgan joy – Meksika ko‘rfazidagi Chiksulub krateriga sho‘ng‘ib, 500 metrdan 1 300 metrgacha bo‘lgan tubliklardan turli jinslardan namunalar olib chiqdi. Bular orasida asteroid zarb bilan kelib urilishi tufayli qattiq qizib erib ketgan toshlar, ko‘mirga aylangan qoldiqlar hamda sezilarli miqdordagi oltingugurt aniqlangan. Bular esa mazkur joyga haqiqatan ham qandaydir o‘ta yirik jism katta zarba bilan kelib urilganiga dalolatdir.

Asteroid urilishi tufayli balandligi bir necha yuz metrga yetadigan ulkan sunami hosil bo‘lgan. Dastlabki bir necha daqiqa va soatlar mobaynida zarba krateri atrofidagi 130 metrgacha bo‘lgan masofadagi tuproq qatlami ko‘chib, krater hosil qilgan chuqurlikka o‘pirila boshlagan.

Avvaliga zarba tufayli qattiq qizigan yer biydek cho‘lga aylangan. Keyin esa atigi bir necha oy ichida butun sayyora keskin sovib ketgan. Ushbu o‘ta past harorat tufayli, hozirda fanda bo‘r davri paleogen ommaviy qirilishi deb yuritiladigan hodisa – tirik mavjudotlarning ommaviy yo‘q bo‘lib ketishi sodir bo‘lgan. Qanotli, ya’ni ucha oladigan dinozavrlarning barchasi o‘shanda qirilib bitgan.

Geologlar ko‘rfaz tubidan olib chiqqan erigan toshlarga qarab xulosa qilishiga ko‘ra, asteroidning kelib urilish zarbi 10 milliard dona atom bombasi portlagandagi kuch bilan teng bo‘lgan. Atrofdagi minglab kilometr masofadagi o‘rmon yonib kulga aylangan. Sunami to‘lqinlari esa 2 ming kilometr radiusdagi yerlargacha borib, katta toshqin hosil qilgan. Sunami to‘lqini orqaga qaytishida esa yo‘lida uchragan hamma narsani, jumladan, minglab metr-kub tuproqni oqizib ketgan. Bunga dalil sifatida olimlar zamonaviy Illinoys shtati hududida uchraydigan tuproq zambrug‘larining qoldiqlari Meksika ko‘rfazi tubida ham aniqlanganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, pistako‘mirga aylangan daraxt qoldiqlari ham krater tubidan olib chiqilgan namunalar tarkibidan topilgan.

Ro‘y bergan ushbu ofatlarning o‘zi butun G‘arbiy yarimshar ekosistemasini izdan chiqarish uchun yetarli edi. Biroq bu hali hammasi emas ekan. Sayyoradagi tirik mavjudotlar uchun eng yomoni hali oldinda bo‘lgan. Aslida o‘shanda jonzotlarning ommaviy qirilishga eng asosiy sababchi bo‘lgan narsani olimlar ko‘rfazdan olib chiqilgan namunalardan topa olmadi. Qizig‘i shundaki, izlangan narsani aynan topa olishmagani bu boradagi eng katta dalil bo‘lib xizmat qilgan.

Gap tarkibida oltingugurt tutadigan minerallar haqida bormoqda. Asteroid zarb bilan kelib urilgach, bunday minerallar kuchli qizigan va katta harorat tufayli ularning ichidagi oltingugurt bug‘lanib ketgan. Natijada juda ko‘p miqdordagi oltingugurt sulfat-aerozollari atmosferaga sochilib chiqib ketgan. Birinchidan, buning o‘zi havoni nafas olish uchun yaroqsiz qilib qo‘ygan, eng yomoni esa, quyuq oltingugurt moddasi butun atmosferani qoplab olib, Yer yuzini Quyoshdan to‘sib qo‘ygan. Oqibatda yetarlicha harorat ola olmayotgan sayyora sathi keskin sovib ketgan.

Ekspertlarning hisoblashicha, o‘shanda atmosferaga 325 milliard tonna oltingugurt tarqalgan. Bu 1883 yilda otilgan Krakatau vulqonidan atmosferaga sochilgan oltingugurt miqdoridan to‘rt barobar katta raqamdir. Eslatib o‘tamiz, Krakatauning 1883 yilgi otilishidan Yer sayyorasi yaqin besh yilgacha jiddiy sovib ketgan edi (1890-yillardagina harorat odatiy me’yoriga qayta boshlagan).

Olimlarning xulosa qilishicha, o‘sha 66 million yil muqaddam sodir bo‘lgan kosmik masshtabli ofatdan keyin dinozavrlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga eng asosiy sababchi aynan atmosferaga bug‘lanib ketgan oltingugurt bo‘lgan ekan. Ehtimol, to‘qnashuv sayyoramizda vulqonlar faolligini yanada oshirib yuborgan va buning natijasida oltingugurtning havoga tarqalishi yanada kuchaygan bo‘lsa kerak.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 115
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 180
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 267
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar