“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 00:42
ЎЗO‘Z

Rossiya uchun bosh xavf ma’lum qilindi

23 sen, 06:35 4 103 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya uchun bosh xavf ma’lum qilindi AQShning o‘z ustunligiga ishonchi va shu bilan bog‘liq holda o‘ylanmagan qadamlarni amalga oshirishi mumkinligi Rossiya va boshqa davlatlarga bosh xavf hisoblanadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Moskovskiy komsomolets” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Sen zaif tomonlaringni anglab, muvozanat va umumiy xavfsizlikni saqlashdan manfaatdor bo‘lsang, bu seni aql bilan ish tutishga undaydi. AQSh kabi kuchlar balansi sening foydang uchun shakllangan, deb o‘ylasang, miyaga turli, jumladan uncha aqlli bo‘lmagan fikrlar kelishi mumkin”, deb aytgan Shoygu.

Vazirning ta’kidlashicha, axborotlashtirish va avtomatlashtirishning bugungi darajasida qurollanishni boshqarish tizimida xatolikka yo‘l qo‘yish imkoni yuqoridir. Shu sababli oxirgi vaqtda oldingi qatorga axborot xavfsizligi muammosi chiqmoqda.

Shoygu dunyodagi vaziyatga to‘xtalib, Rossiyaning hozirda katta ko‘lamli urushda ishtirok etishi masalasi turmayotganiga umid bildirgan.
“Bunday urushning xavfi va oqibatlari har bir kishiga ma’lum”, deb qo‘shimcha qilgan Shoygu.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya fan va sanoatining taraqqiyoti mamlakatga AQShga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishga imkon beradi. Shu bilan birga, Moskva Vashington bilan “barcha frontlarda” raqobatlashishga harakat qilmaydi.

“Agar siz AQSh harbiy byudjetini tahlil qilsangiz, ularda katta mablag‘ butun dunyo bo‘ylab joylashgan turli bazalarga ketishini tushunasiz. AQShda bunday bazalardan 170 ta bor”, deb aytgan Rossiya mudofaa vaziri va AQShning Afg‘onistondagi operatsiyaga sarflaydigan mablag‘i deyarli Rossiyaning bir yillik harbiy byudjetiga tengligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 262
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 94
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 214
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Bo‘limlar