“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:24
ЎЗO‘Z

Putinni Kremldan «quvib chiqarmoqchi» bo‘lgan shomon qo‘lga olindi

20 sen, 21:48 3 942 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putinni Kremldan «quvib chiqarmoqchi» bo‘lgan shomon qo‘lga olindi Buryatiyada 19 sentyabr ertalab maxsus operatsiya davomida Moskvaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan «quvib chiqarish» uchun yo‘l olgan yoqutistonlik shomon Aleksandr Gabishev ushlandi. Bu haqda “RBK” nashri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Gabishev 20 sentyabrda Yoqutistondagi psixonevrologik dispanserga ruhiy sog‘lig‘ini tekshirish uchun ekspertizaga jo‘natilgan. Biroq huquq himoyachilari uni topa olishmayotganini ma’lum qilishgan. Keyinroq shomonning o‘zi tarafdorlari bilan aloqaga chiqib, bir kunga singlisini uyiga borishga ruxsat olganini, singlisi uyi qo‘riqlanayotganini ma’lum qilgan.

O‘zini shomon deb atovchi Gabishev mart oyida Yoqutistondan Moskvaga “yovuzlar kuchlar tomonidan yaratilgan Putinni Kremldan quvish” va “xalq hokimiyatini o‘rnatish” uchun piyoda yo‘l olgan. U 2 yil ichida 8 ming km yo‘l bosib o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq 19 sentyabrda qo‘lga olingan, bungacha esa 3 ming km yo‘l bosib o‘tishga va o‘ziga yuzlab odamlarni jalb qilishga ulgurgan. Keyinroq mahalliy politsiya shomon Yoqutistonda sodir etilgan jinoyat uchun qidiruvda bo‘lganini ma’lum qilgan, biroq aynan qanday jinoyat uchun qidirilganini aytmagan.

«Meni ekstremizm, hokimiyatni ag‘darishga chorlov uchun sudlashadi. Advokatim bor, sudlashmoqchiman», deb aytgan Gabishev o‘zi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 222
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar