“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:58
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishmadan bir chegarachi vafot etdi. U yerda nimalar bo‘lyapti?

17 sen, 12:30 3 936 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishmadan bir chegarachi vafot etdi. U yerda nimalar bo‘lyapti? Foto: «Global Look Press»
Kecha, 16 sentyabr, dushanba kuni Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasida otishma ro‘y berdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati tomonidan xabar qilinishicha, otishma oqibatida bir chegarachi vafot etgan.

«Tojikiston tomoni birinchi bo‘lib qurolni ishga soldi va Qirg‘izistonga tegishli Maksat chegara postini o‘qqa tutdi. Keyin esa Batken viloyati, Laylak tumanidagi Soy vaqtincha posti ham o‘qqa tutilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra bir chegarachi vafot etgan», — deyiladi bayonotda.

Qirg‘iziston tomoni bergan ma’lumotga ko‘ra, otishma kelib chiqishiga tojikistonlik fuqaro tomonidan chegaraning kelishilmagan qismida qurilish ishlari olib borilgani sabab bo‘lgan. «Bunga javoban Qirg‘iziston fuqarosi ham ushbu hududda joylashgan o‘z uyi hovlisida qurilish ishini boshlagan», — deyiladi xabarda. Qirg‘iziston tomoni da’vosiga ko‘ra, bunga javoban tojik chegarachilari «tajovuzkor ohangda qurilishni to‘xtatishni talab qilgan». Oqibatda avval dahanaki, keyin esa rostmana jang boshlanib ketadi.

Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari matbuot markazi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, otishma natijasida bir necha tojik fuqarolari yaralangan.

«Avval imzolangan shartnomalarga zid holda 16 sentyabr, kech soat 18:45da So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov tumani, Ovchi-Kalach qishloq jamoatiga tegishli Bahor mahallasi sport maydonchasida noma’lum bino qurilish ishlari boshlangan. Bu noqonuniy harakat Tojikiston fuqarolariga yoqmagan va ular qurilishni to‘xtatish talabini ilgari surishgan», — deyiladi xabarda. Tojikiston tomonidan ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston harbiylari mojaro joyiga qo‘shimcha 250-300 nafar harbiyni yuborgan va ular «provokatsion harakatlarni amalga oshirib, soat 19:00da Bahor mahallasining qurolsiz aholisi tomon o‘t ochishni boshlagan. Natijada Tojikiston fuqarolaridan bir nechasi o‘qotar quroldan yaralangan».

Tojikiston tomoni bergan bayonotda aytilishicha «Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan amalga oshirilgan provokatsion harakatlar davlat chegarasida vaziyatni sun’iy yo‘l bilan izdan chiqarishdan iborat», deb baholanmoqda. Ayni vaqtda har ikki davlatdan hukumat vakillari aholi orasida bo‘lib turibdi va vaziyatni izga tushirish uchun tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avval ham Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasida bir necha bor mojaro kelib chiqqan edi. Har ikki davlat o‘rtasidagi chegara 970 kilometr uzunlikka ega bo‘lib, shu vaqtga qadar 519 kilometri borasida kelishuvga erishilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 4
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 3
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 20
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 124
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 134
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 44
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 218
  • Bo‘limlar