“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

Snouden maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishi sababini ma’lum qildi

15 sen, 22:36 3 075 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Snouden maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishi sababini ma’lum qildi Foto: ITAR-TASS/Pavel Smertin
Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining "Shaxsiy yozuv" deb nomlangan memuarida uni maxsus xizmatlarning maxfiy ma’lumotlarini oshkor etishga undagan sababni ma’lum qildi.

"Konstitutsion tizim qachonki uning barcha uch bo‘g‘ini me’yorida ishlaganida faoliyat yurita oladi. Uchala bo‘g‘in nafaqat ishlashdan to‘xtasa, balki ongli ravishda ishlashdan to‘xtatiladigan bo‘lsa, buning oqibati jazosiz qolish bo‘ladi. Men Oliy sud, kongress yoki prezident Obama qachondir razvedka jamiyatini jazoga tortadi deb o‘ylaganimda ahmoq bo‘lgan ekanman", — deb yozadi Snouden.

"Razvedka jamiyati o‘zini qonundan ustun ko‘rishini tan olish vaqti kelgandi, tizim qanchalik buzilgani e’tiborga olinsa, u bunga haqli edi. Razvedka jamiyati bizning tizimimizni bu tizimni yaratganlardan ko‘ra yaxshiroq tushunardi va bundan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalandi. Ular konstitutsiyani buzib tashlashdi", — deya ta’kidlaydi Snouden.

Uning fikricha, bunday jinoyatga yagona munosib javob maxfiy dasturlarni e’lon qilish edi.

"Men emas, Amerika hukumatining to‘rtinchi bo‘g‘ini bo‘lgan OAV orqali ommaviy kuzatuv apparatini butkul fosh etish – bunday miqyosdagi jinoyatga beriladigan yagona munosib javob bo‘lardi", — deb izohladi Snouden o‘z qarorini.

Snouden 2013 yilda The Washington Post va The Guardian nashrlariga AQSh va Britaniya maxsus xizmatlarining internetda kuzatuv olib borish dasturlari haqidagi maxfiy axborotni bergan. U dastlab Hongkongga, so‘ngra Moskvaga uchib, u yerda Sheremetevo aeroportining tranzit hududida ma’lum vaqt qolishiga to‘g‘ri kelgan.

Rossiya Snoudenga AQShga qarshi faoliyatini to‘xtatishi kerakligi sharti bilan bir yilga boshpana bergan. 2014 yil avgustda u nafaqat Rossiya bo‘ylab, balki xorijga sayohat qilishga imkon beruvchi 3 yillik yashash huquqini olgan. 2017 yilda ushbu huquq yana 3 yilga uzaytirilib berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 0
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 0
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar