“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 20:00
ЎЗO‘Z

Snouden: Agar Rossiya razvedkasi bilan hamkorlikka rozi bo‘lganimda, saroyda yashayotgan bo‘lardim

14 sen, 09:43 3 061 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Snouden: Agar Rossiya razvedkasi bilan hamkorlikka rozi bo‘lganimda, saroyda yashayotgan bo‘lardim Foto: AP
AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, Rossiyada boshpana so‘ragan Edvard Snouden AQShga qaytishga va sud oldida javob berishga tayyorligini, biroq sud jarayoni adolatli va xolis bo‘lishi kerakligini aytdi.

Snouden National Public Radio radiostansiyasiga bergan intervyusida sud hakamlariga nima uchun jurnalistlarga maxfiy axborotni taqdim qilgani haqida so‘zlab bermoqchiligini aytgan. Uning aytishicha, hakamlar u to‘g‘ri yo‘l tutgan-tutmaganini baholash uchun u oshkor qilgan maxfiy ma’lumotlarni ko‘zda kechira olishlari kerak.

“Agar hakamlar biror ma’lumotni oshkor qilish to‘g‘ri bo‘lgani yoki yo‘qligini baholay olmasalar, sizda ma’lumotni oshkor qilish bo‘yicha adolatli sud taftishi bo‘la olmaydi”, deb aytgan Snouden.

Maxsus xizmatlarning sobiq xodimi Rossiyadagi hayotni o‘zi tanlamaganini aytgan. U 27 ta davlatda, jumladan Germaniya va Polshada boshpana so‘ragan, biroq bu davlatlar Moskvadan farqli ravishda, AQSh tomonidan javob choralari ko‘rilishidan qo‘rqishgan.

Uning aytishicha, Rossiya razvedka xizmatlari unga hamkorlikni taklif qilishgan, biroq u buni rad etgan va agar rozi bo‘lganda unda aeroportda o‘tkazgan 40 kun o‘rniga “birinchi kuniyoq u yerni limuzinda tark etib, hozirda saroyda yashayotgan, uning sharafiga esa Qizil maydonda paradlar o‘tkazilayotgan bo‘lardi”.

Snouden 2013 yilda The Washington Post va The Guardian nashrlariga AQSh va Britaniya maxsus xizmatlarining internetda kuzatuv olib borish dasturlari haqidagi maxfiy axborotni bergan. U dastlab Hongkongga, so‘ngra Moskvaga uchib, u yerda Sheremetevo aeroportining tranzit hududida ma’lum vaqt qolishiga to‘g‘ri kelgan.

Rossiya Snoudenga AQShga qarshi faoliyatini to‘xtatish sharti bilan bir yilga boshpana bergan. 2014 yil avgustda u nafaqat Rossiya bo‘ylab, balki xorijga sayohat qilishga imkon beruvchi 3 yillik yashash huquqini olgan. 2017 yilda ushbu huquq yana 3 yilga uzaytirilib berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 0
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 2
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 1
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar