“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:17
ЎЗO‘Z

Turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan ozodlikdan mahrum etildi

11 sen, 17:52 3 149 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan ozodlikdan mahrum etildi Transfer huquqi «Barselona»ga tegishli bo‘lgan, «Istanbul Bashakshehir» klubiga ijaraga berilgan turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan noqonuniy qurol saqlash, tungi klubda qasddan hujum qilish va to‘pponchadan o‘q otishda ayblanib, 2 yilu 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC nashri xabar tarqatdi. Shu bilan birgalikda, xavbek «Jinsiy zo‘ravonlik» moddasi bo‘yicha oqlangan.

2018 yilning oktyabrida Turan mashhur turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shahin bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin 370 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. Futbolchi qo‘shiqchining rafiqasiga tegajog‘lik qilgan, shundan keyin futbolchi Shahinning burnini sindirgandi.

Futbolchi o‘shanda shifoxonaga borib, jabrlanuvchidan uzr so‘ragan. Turan shifoxonaga to‘pponcha olib borib, uni qo‘shiqchiga bergan va degan: «Men u sening rafiqang ekanini bilmagandim. Buning uchun kechir. Istasang, meni otib tashlashing mumkin». Qo‘shiqchi esa to‘pponchani qo‘liga olishni istamagandi.

Bu voqeadan keyin turkiyalik futbolchi 12,5 yil muddatga qamalishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2017 yilning yozida Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim Arda Turanni o‘zi bilan bir samolyotda uchgan jurnalistni bo‘g‘ganidan keyin terma jamoadan chetlatgandi. Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Mircha Luchesku uni terma jamoaga qaytarmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.

2018 yilning martida u rafiqasi haqida so‘ragan boshqa bir turkiyalik jurnalistga uning boshini olib tashlash bilan tahdid qilgandi.

2018 yilning mayida esa futbolchi chempionatning o‘tgan mavsumi 32-turi doirasida «Sivasspor»ga qarshi o‘yinda hakamga hujum qilgani uchun 16 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Ma’lumot uchun, Arda Turan 2018 yilning 11 martida Aslixon Do‘g‘anga uylangandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi nikoh marosimida guvoh sifatida ishtirok etishgan.
Arda Turan, ozodlik, mahrum




Mavzuga oid yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 1
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 182
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 0
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 181
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 106
  • Bo‘limlar