“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:43
ЎЗO‘Z

Netanyaxu saylov oldidan Iordan vodiysini bosib olishga va’da berdi

11 sen, 15:05 3 103 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Netanyaxu saylov oldidan Iordan vodiysini bosib olishga va’da berdi Foto: «RIA Novosti»
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘tkaziladigan parlament saylovlarida o‘zining «Likud» partiyasi g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Iordaniya tepaligi (Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i) hamda O‘lik dengizning shimoliy qismini anneksiya qilishga (bosib olishga) va’da berdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib, «Daryo» xabar qildi.

«Navbatdagi hukumat Isroil suverenitetini Iordaniya vodiysiga qadar kengaytirishi mumkin… Bu demokratiya. Men aniq mandatsiz hech nima qilmayman», — deydi bosh vazir.

Netanyaxuning aytishicha, Iudeya va Samariya G‘azo sektoriga «aylanib ketmasligi uchun» u Isroilning aniq bir chegarasini belgilab olish niyatida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Isroil xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. «‘Olti kunlik urush’da bunday imkoniyatimiz yo‘q edi va yana 50 yil bo‘lmasligi mumkin», — deydi bosh vazir.

Bloomberg Netanyaxuning ushbu bayonotini 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan saylovchilarni qo‘llab-quvvatlashga bog‘lamoqda. AQSh administratsiyasi esa sentyabr oyining ikkinchi yarmida Yaqin Sharqni tinchlik yo‘lida barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etish niyatida.

Isroil tarixida birinchi bor muddatidan oldingi saylovlar 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovlar aprel oyida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida Netanyaxu hukumatni shakllantira olmaganidan so‘ng belgilangan edi.

1967 yilda bo‘lib o‘tgan «Olti kunlik urush»dan keyin Isroil Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini o‘z nazorati ostiga olgan va u yerda o‘z aholisi uchun boshpana qura boshlagan. Yevropa Ittifoqi ushbu hududlarni, shuningdek, Golan tepaliklarini Isroil tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar