“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:18
ЎЗO‘Z

Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi

01 sen, 16:33 4 170 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi Foto: Florion Goga / Reuters
Polsha prezidenti Anjey Duda Bild nashriga bergan intervyusida sobiq ittifoq va natsistlar Germaniyasi yetakchilari Iosif Stalin va Adolf Gitler Polshani yo‘q qilish maqsadida til biriktirishgani haqida so‘zlab berdi.

Dudaning aytishicha, Polshaning bosib olinishi sobiq ittifoq va Germaniya tomonidan 1939 yil avgustida imzolangan Molotov-Ribbentrop paktida tilga olingan. Duda ittifoq armiyasini Germaniyaning bosh ittifoqdoshi deb atagan va u hujjat imzolangandan bir oy keyin Polsha hududiga kirib borganini eslatib o‘tgan.

Duda ayni vaqtda Rossiya “o‘zini bundan bexabardek tutmoqda va “tajovuzkor siyosatni” davom ettirmoqda”. Jumladan, Polsha prezidenti Rossiyani Gruziya va Ukrainaga hujum qilishda ayblagan.

Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy mamlakat parlamentiga Rossiya nima uchun Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif qilinmagani sababini tushuntirib bergan. Uning aytishicha, Rossiya o‘sha mash’um voqealarni “tarixiy haqiqat” ruhida nishonlashdan manfaatdormas.

Ikkinchi jahon urushi Germaniyaning 1939 yil 1 sentyabrda Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan. 17 sentyabrda esa Polshaga sobiq ittifoq qo‘shinlari kirib borgan va mamlakat hududi ikki davlat tomonidan bo‘linib olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 95
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 138
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Tojikistonda VI-VIII asrlarga oid qasr xarobalari topildi (foto) 19 мая, 14:44 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 31
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 94
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 137
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Bo‘limlar