“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:50
ЎЗO‘Z

Sodir etmagan jinoyati uchun qamoqda 35 yil o‘tirgan ayol uch million dollar oldi

30 avg, 21:10 3 527 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sodir etmagan jinoyati uchun qamoqda 35 yil o‘tirgan ayol uch million dollar oldi Amerikaning Nevada shtatida yashovchi ayol sud qarori bilan sodir etmagan jinoyati uchun 35 yil qamoqda o‘tirib chiqqanligi tufayli uch million dollar miqdorida badal to‘lovini oldi, deb xabar qilmoqda Sof.uz nashri.

1980 yilda 29 yashar Keti Vuds 19 yoshli talaba qiz Mishel Mitchelning qotilligida gumon qilinib, 35 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoyatning o‘zi 1976 yilda sodir etilgan. Tez orada Nevada shtati Oliy sudi hukmni bekor qilgan, ammo 1984 yili ayol takroran sudga tortilgan. Sud ishini ko‘rib chiqqan oliy instansiyalar sud qarorini kuchda qoldirganlar.

Ashyoviy dalillar - 1976 yil, ya’ni tergov harakatlari o‘tkazilgan davrda hali mavjud bo‘lmagan - DNK analizini amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiya yordamida o‘rganib chiqilgach, Vudsning aybsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Haqiqiy qotil - seriyali manyak - Rodni Xolbauer bo‘lib chiqqan. Xolbauer yana besh nafar ayolni zo‘rlab, o‘ldirgani aniqlangan.

2018 yilda u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Advokat so‘zlariga ko‘ra, Vuds endilikda Reno shahridan hamda 1979 yil Luiziana shtatida ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanayotgan vaqtida uni iqrorlik ko‘rsatmasini berishga majburlagan sobiq huquq-tartibor organlaridan qo‘shimcha badal pulini undirib olish istagida.

Ilgariroq, Michigan shtati hukumati qamoqda hech bir aybsiz 46 yil o‘tirib chiqqan Richard Fillipsga bir yarim million dollar to‘lab berishlari haqida xabar tarqalgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 1
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 1
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 1
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 5
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 15
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar