“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:58
ЎЗO‘Z

Boris Jonson Makron oldida oyog‘ini stol ustiga qo‘yib oldi (video)

23 avg, 08:30 3 420 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Boris Jonson Makron oldida oyog‘ini stol ustiga qo‘yib oldi (video) Foto: Christophe Petit Tesson, Pool via AP
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan Yelisey saroyidagi uchrashuvida qahva stolchasi ustiga oyog‘ini qo‘ydi. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Jonsonning bu xatti-harakatini qizg‘in muhokama qilishga tushib ketishdi.

Tvitterda Jonson Makron oldida bir oyog‘ini stolcha ustiga qo‘ygan holda tushgan suratga izohlarda “Dong‘i ketgan britancha xulq-atvor”, “Masxarabozlik”, “Butkul hurmatsizlik” va “Qanday sharmandalik” kabi kinoyali izohlarni uchratish mumkin. Jonson haqida biografik qitob muallifi Sonya Pernell esa “Qo‘pol va qizarishga majbur qiladi. Faraz qiling, Makron Bukingem saroyida oyog‘ini stolga qo‘yib olsa”, deb yozgan.

Rude and embarrassing. Imagine if Macron put his foot on the table at Buckingham Palace https://t.co/tv67iA5rpM

— Sonia Purnell (@soniapurnell) August 22, 2019

Biroq tanqidiy izohlar orasida Jonson nomiga maqtovlar ham bo‘lgan. Ba’zi foydalanuvchilarning fikricha, Britaniya bosh vaziri Brexit bo‘yicha qizg‘in muzokaralar oldidan “vazmin va erkin ko‘rinmoqda” va Fransiya prezidentiga “bu yerda kim bosh ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqda”.

WATCH: Here’s the Reuters video of Boris Johnson putting his foot on the Elysee furniture. It seems President Macron was making small talk suggesting the table would work equally well as a footstool should the PM want to recline, which Johnson then jokingly does pic.twitter.com/dnv37t9mS4

— Tom Rayner (@RaynerSkyNews) August 22, 2019

Sky News britan telekanali esa ushbu vaziyatni umuman boshqacha talqin qilgan. Reuters axborot agentligining kadrlarida Makron kulimsirab stolchaga urib, Jonsonga uni oyoq uchun taglik sifatida qo‘llashi mumkinligini aytgan. Britaniya bosh vaziri ushbu hazilni qabul qilib, suratkashlarga o‘girilib, bir soniyaga tuflisini stol chetiga qo‘ygan va shundan keyin “Mazur tutasiz” deb uni darrov tortib olgan.

“Yo‘q, Boris Jonson Makron ko‘zi oldida oyog‘ini stol ustiga qo‘yib Fransiyani haqoratlamadi. Internetda hamma narsaga tez munosabat bildiriladi va ba’zida juda tez. Bu gal ham shu narsa yuz berdi”, deb yozilgan Le Parisien nashri saytida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar