“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

London meri Buyuk Britaniyada yashovchilarning barchasi ingliz tilini bilishi shart deb hisoblaydi

07 yanv, 12:43 7 920 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
London meri Buyuk Britaniyada yashovchilarning barchasi ingliz tilini bilishi shart deb hisoblaydi London meri Boris Jonson Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchilarning barchasi ingliz tilida yaxshi gaplasha olishlari shartligini ma’lum qildi. Bu haqida “The Telegraph” nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar beradi.

Avvalroq, “Mustaqillik partiyasi” etakchisi Nayjel Faraj Britaniya davlat sog‘liqni saqlash tizimida ishlaydigan shifokor va tibbiyot xodimlarining ingliz tilini mukammal bilmaydiganlari ishdan bo‘shatilishi lozimligi haqida aytib o‘tgan edi. Uning bu fikrini Boris Jonson ham qo‘llab-quvvatladi.

“Men Farajning so‘zlariga to‘la qo‘shilaman. Fuqarolarimiz shifoxonaga kirib, u erda shifokorlarga o‘z muammolarini tushuntira olmasligi holatlari uchrayotganidan taajjubdaman. Bu davlatda yashaydigan, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlaydigan har bir odam inglizchada gaplasha olishi shart”, – deydi London meri.

London meri OAVlar orqali targ‘ib qilinayogan multimadaniyatni ham tanqid qildi.

“Londonda shunday joylar borki, u erda yashaydigan muxojirlarning bir necha avlodi o‘z ona tillaridagi media vositalardan foydalanishlari tufayli inglizchada hali ham gaplashishni o‘rganmaganlar. Ular ingliz tilini o‘rganishga ehtiyoj ham sezmaganlar. Buyuk Britaniyada ingliz tilida muloqot qilinadi. Vaholanki, bu til o‘rganish qiyin bo‘lgan murakkab til emas ham”, deb qo‘shimcha qildi London meri.

foto: RIA Novosti
manba: kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 2
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar