“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:53
ЎЗO‘Z

Suriya harbiylari turklar konvoyiga hujum qildi, uch kishi halok bo‘ldi (foto, video)

19 avg, 19:35 3 589 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suriya harbiylari turklar konvoyiga hujum qildi, uch kishi halok bo‘ldi (foto, video) Suriya harbiy-havo kuchlari Idlib viloyatida Turkiya armiyasining zirhli texnikalari kolonnasiga zarba berdi. Bu haqda Al-Masdar News xabar bermoqda. Nashrning bildirishicha, snaryadlar bevosita Turkiya harbiy mashinalari yonginasida portlagan.
Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, harbiy kolonna hujumga uchrashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan va kamida 12 kishi jarohatlangan.

«Biz mavjud kelishuvlar va hamkorlikka, shuningdek Rossiya bilan muloqotga zid bo‘lgan bu hujumni keskin qoralaymiz», — deya vazirlik bayonotini keltirmoqda Anadolu agentligi.
[media=https://youtu.be/Z93nmLue1Ro]
Avvalroq Suriya Tashqi ishlar vazirligi turklarning zirhli texnikalari mamlakat shimolidagi Xan-Sheyxun shahri tomon yurish boshlagani haqida xabar tarqatgandi.
Turkiya nashrlari xabar berishicha, ushbu kolonna Turkiya kuzatuv punktidan Xan-Sheyxun shahridagi boshqa bir kuzatuv punktini kuchaytirish uchun jo‘natilgandi.

© AFP 2019 / Omar Haj Kadour


Idlibdagi vaziyat
Idlib muhofazasi Suriyadagi jangarilarning so‘nggi tayanchi bo‘lib qolmoqda. Bu yerda «Jebhat an-Nusra» guruhi jangarilaridan tashqari, qurollangan muxolifat kuchlari ham joylashgan.
2 avgust kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Suriya masalasida o‘tkazilgan muzokaralardan keyin «o‘t ochishni to‘xtatish rejimi» kuchga kirgandi.

Suriya arab respublikasi qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy harakatlar faqatgina Turkiya tomoni 2018 yil sentyabrida Sochidagi muzokaralar natijasida erishilgan Rossiya-Turkiya kelishuvi shartlarini bajargan taqdirda to‘xtatilishini ma’lum qilgan. Bu kelishuvning asosiy punkti og‘ir va o‘rta og‘irlikdagi harbiy qurollarni Idlibdagi harbiysizlashtirilgan hududdan 20 kilometr uzoqqa olib ketish hisoblanadi.

5 avgust kuni esa harbiy tuzilmalar tomonidan armiyaning Hamadagi punktlariga hujum qilish harakatlari kuzatilgani tufayli Suriya armiyasi harbiy amaliyotlarni tikladi va aholi punktlariga zarbalar berishni boshladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar