“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:30
ЎЗO‘Z

Jahon matbuoti sharhi: «Kim bo‘lsa bo‘lsin, Netanyaxu bo‘lmasin!»

17 avg, 14:46 2 866 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon matbuoti sharhi: «Kim bo‘lsa bo‘lsin, Netanyaxu bo‘lmasin!» 17 sentyabrdagi parlament saylovi yaqinlashgani sari Isroilda siyosiy tartibsizliklar avj olmoqda, deb yozadi «Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha kengash» veb-nashri. Kechagi amaldorlar o‘z siyosiy rahbarlariga qarshi bosh ko‘tarmoqda, yangi ajralib chiqqan guruhlar saylovchilar orasida obro‘ qozonish uchun murojaatnomalar yo‘llamoqda.

Isroillik siyosiy sharhlovchilar va kuzatuvchilar nazarida bunday murojaatlar zamirida bir narsa yotibdi, u ham bo‘lsa uzoq muddat hokimiyat tepasida qolayotgan bosh vazir Binyamin Netanyaxuning hokimiyatiga chek qo‘yish. Ikki oy avval Libermanning Netanyaxu birlashmasiga qo‘shilmaslik haqidagi qarori 2019 yilda ikkinchi saylovga sabab bo‘lib, bir qator siyosiy jarayonlarni harakatga keltirib yubordi.

Keyingi besh hafta ichida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlardan biri Netanyaxu saylovda Libermansiz g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatdi (Avigdor Liberman Isroil Knesseti deputati, sobiq mudofaa vaziri va «Isroil – bizning uyimiz» partiyasi yetakchisi – «Daryo»). 17 sentyabrdagi saylov natijalari shunday yakun topadigan bo‘lsa, Isroil ichki siyosatida g‘alati o‘zgarishlar, kutilmagan bitimlar va yangi ittifoqlar vujudga kelishi mumkin.

Netanyaxuning Jerusalem Post’dagi Isi Leyblergas singari himoyachilari nazdida, Netanyaxu saylovda yutqazadigan bo‘lsa, Isroil zaiflashib qoladi. Oq-ko‘klar yetakchisi Beni Ganzda mamlakatni boshqarish uchun yetarlicha rahbarlik malakasi yo‘q. Shunday ekan, Beni Ganz Netanyaxu kabi Tramp va Putin o‘rtasidagi tarang diplomatik yo‘lakdan muvaffaqiyatli o‘ta olishini shubha ostiga olmoqda. Ganzda na xarizmatik siyosatchilik, na-da siyosiy rahbarlik irodasi mavjud emas.

U muhim qarorlar qabul qilish kerak bo‘ladigan keyingi 12 oy ichida mamlakatni samarali boshqara oladimi? Ganz nomzodi ma’qul kelmasa, Isroildagi siyosiy guruhlarning qay bir yetakchisi mamlakatni boshqara oladi? Shunday savollar girdobida qolib ketgan saylovchilar, o‘zlari xohlamasa-da, yana Netanyaxuni bosh vazirlikka yagona munosib nomzod deb hisoblamoqda. Netanyaxuni aksar isroilliklar yoqturmasa ham, ular uchun Netanyaxu mamlakatni boshqara oladigan yagona siyosatchidir.

Svi Sadanning Israel Today nashriga yozgan ochiq xatidagi «kim bo‘lsa bo‘lsin, Netanyaxu bo‘lmasin» kabi chaqiriqlari shior bo‘lib, yangi ittifoqlar tuzilishi, hokimiyatdan haydalgandan beri siyosiy bo‘shliqda qolib kelayotgan sobiq bosh vazir Exud Barak kabilarga yangi imkoniyatlar berilishi imkoniyatini quvvatlantiryapti. Exud Barakning siyosat olamiga nog‘ora chalib kirib kelayotgani Netanyaxuni ag‘darishni niyat qilganidan darak. Shu voqealar fonida hammani tanqid qilinishi siyosiy partiyalar Exud Barakka qo‘shilishiga olib kelmoqda. Ammo oxirgi ijtimoiy so‘rovlar natijalari Exud Barakning oq-ko‘klar bilan ittifoqda ham g‘alaba qozonish imkoniyati pastligini ko‘rsatdi.

Netanyaxuning sobiq ittifoqdoshi Avigdor Liberman so‘l-markazchilarning umidi bo‘lib turibdi. U Netanyaxu bilan tuzilgan ittifoqdan chiqdi, unga qarshi siyosiy kurashni boshladi, Isroilni dunyoviy davlat sifatida ko‘rish istagi uning obro‘sini oshirib yubordi.

Netanyaxu markazchilarning va so‘l-markazchilarninggina emas, o‘nglarning ham hujumiga uchramoqda. O‘nglar nazdida Netanyaxu Falastin davlatini tuzishni nazarda tutgan Oslo bitimi imzolanishiga rozilik bergani uchun ham aybdor. O‘nglar birlashmasining yetakchisi Aylet Shaxed saylovchilar e’tiborini qozonish uchun sinovlardan o‘tishi lozim. Ular shu paytgacha o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozonolmay keladi.

Xullas, Isroil ichki siyosati ayni vaqtda intrigaga boy. Kim g‘alaba qilishi 17 sentyabr sanasida ma’lum bo‘ladi.
Jahongir Ergashev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 1
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 10
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar