“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:04
ЎЗO‘Z

«Sharqiy Turkistonda uyg‘ur ayollar majburan sterilizatsiya qilinyapti»

15 avg, 18:45 5 708 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sharqiy Turkistonda uyg‘ur ayollar majburan sterilizatsiya qilinyapti» AQShda joylashgan Aholi tadqiqotlari instituti (Population Research Institute) Xitoyni uyg‘ur ayollarni majburan sterilizatsiya qilishda aybladi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.

“Xitoyda uyg‘urlarning jami aholi tarkibidagi ulushi 1 foizga ham yetmaydi. Biror mamlakatda bunchalik oz nisbatdagi xalqning tabiiy ko‘payishini cheklash yoki nazoratga olish uni butkul yo‘q qilishga urinishdir”, – deyiladi institut tarqatgan bayonotda. Ta’kidlanishicha, “Xitoyning uyg‘ur ayollarini majburan abort va sterilizatsiya qilishi, tug‘ilishni nazoratga olishi uyg‘ur xalqining hayot sifatini ta’minlash deb hisoblanmaydi”.

“Yevronyus” xabarida Sharqiy Turkistondagi konslagerlar va turmalarda uyg‘ur va boshqa musulmon ayollar turli dorilar bilan sterilizatsiya qilinayotgani aytilgan. O‘ttiz yoshli Mehrigul Tursun o‘zi bexabar holda bepushtga aylantirilgan ayollardan biri. U qamoqdan chiqqanidan keyin AQShga qochishga muvaffaq bo‘lgan. Mehrigulning aytishicha, u hech bir sababsiz qamoqqa olingan va qamoqdaligida qandaydir ukol qilingan. AQShga kelganidan keyin tibbiy ko‘rik chog‘ida Xitoyda sterilizatsiya qilinganidan xabar topgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 183
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 215
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 296
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar