“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:40
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston vakillari Saudiya Arabistoni podshohi qabulida bo‘ldi

14 avg, 12:44 2 691 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston vakillari Saudiya Arabistoni podshohi qabulida bo‘ldi Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz ikki muqaddas masjid mehmonlari, hukumat amaldorlari, delegatsiya rahbarlari va ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadigan idora rahbarlari uchun qabul marosimini o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari Jasur Akramov, O‘zbekistonning Saudiyadagi elchisi U.Maqsudov hamda qirol mehmoni sifatida N.Nodirov ishtirok etdi.

Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.

Salmon bin Abdulaziz nutq so‘zlab, jumladan, shunday dedi:
—Xudo Saudiya Arabistoni podshohligini Ikki muqaddas masjidga va Rahmon mehmonlari — hojilarga xizmat qilish bilan sharafladi, bu biz uchun g‘ururdir. Qirol Abdulaziz davridan boshlab, to bugungacha dunyo musulmonlari Haj ibodatini qulay sharoitlarda, mukammal ado etishlari uchun barcha kuch g‘ayratimizni sarflayapmiz. Allohdan amallaringizni qabul bo‘lishini, eson-omon o‘z yurtingizga yetib olishingizni so‘rayman.

Shuningdek, tadbirda Haj va Umra vaziri doktor Muhammad Solih so‘zga chiqib, ziyoratchilar va butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

U o‘z nutqida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatidan kelgan 170 dan oshiq millat va elat vakillaridan iborat 3 millionga yaqin inson Arafotda hozir bo‘lganini, ularning uchdan bir qismi 70 yoshdan oshgan qariyalar ekanini aytib o‘tdi.

Tadbirda shahzoda Muhammad bin Salmon nazorati ostida hojilarning haj amallarini bajarish va xavfsizligini ta’minlash masalasi podshohlikning doimiy e’tiborida ekani ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 1
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 2
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 139
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar