“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:21
ЎЗO‘Z

Atamboyev bilan muzokara olib borgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari iste’foga chiqarildi

13 avg, 20:08 3 655 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atamboyev bilan muzokara olib borgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari iste’foga chiqarildi Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovni iste’foga chiqardi. Asanov militsiya manfaatlariga xiyonat qilish va ishonchni yo‘qotish sababli lavozimidan bo‘shatilgan.
Asanovga nisbatan xizmat tekshiruvi natijalari yuridik baho berish uchun respublika bosh prokuraturasiga taqdim etilgan.

Asanov 7-8 avgust kunlari Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish operatsiyasida qatnashgan hamda u bilan taslim bo‘lish va asirga olingan maxsus kuchlar xodimlarini ozod qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgandi.

Atamboyevga bosh prokuratura tomonidan tartibsizliklarni uyushtirish, qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanmasi, tergovga to‘sqinlik qilish, odamlarni garovga olish, o‘ldirish va qotillikka urinish ayblovlari qo‘yilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar