“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:11
ЎЗO‘Z

Bir daqiqada 70 ming dollar - Bloomberg dunyoning eng boy oilalari nomini e’lon qildi

11 avg, 08:28 3 230 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir daqiqada 70 ming dollar - Bloomberg dunyoning eng boy oilalari nomini e’lon qildi Bloomberg dunyoning eng boy oilalari reytingini taqdim etdi. O‘tgan yilgi kabi bu yil ham Walmart do‘konlar tarmog‘ini nazorat qiluvchi Uoltonlar oilasi reyting peshqadami bo‘ldi. Bu oilaning boyligi 190,5 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Bloomberg ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan 12 oy davomida Uoltonlar oilasining boyligi daqiqasiga 70 ming, soatiga 4 mln va kuniga 100 mln dollarga ko‘paygan.

Ikkinchi o‘ringa Mars kompaniyasi asoschisi Frenk Marsning merosxo‘rlari joylashishdi. Mars Inc. kompaniyasi hali-hanuz to‘laligicha uning oilasiga tegishli. Oilaning boyligi 126,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

Uchinchi o‘rin Koch Industries kompaniyasiga asos solgan Fred Koxning o‘g‘illari Charlz va Devid Koxlarga nasib etdi. Koxlarning boyligi o‘tgan bir yil davomida 25 mlrd dollarga ko‘payib, 125 mlrd dollarga yetgan.

Saudiya Arabistonidagi Ol-Saudlar sulolasi ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi. Bloomberg qirollik oilasining boyligini 100 mlrd dollar deb baholamoqda.

Yuqori beshlikdan shuningdek, Chanel modalar uyi asoschisi Per Vertxaymerning nabiralari aka-uka Alen va Jerar Vertxaymerlar joy oldi. Ular Chanel parfyumeriya uyiga egalik qilishadi. Aka-ukalarning boyligi 57,6 mlrd dollar.

Eng boy oilalar o‘nligiga Hermes modalar uyiga egalik qiluvchi Dyumalar ($53,1 mlrd), Anheuser-Busch InBev pivo ishlab chiqarish kompaniyasini nazorat qiluvchi Belgiyadagi van Damm, de Mevius va de Shpelberxlar sulolasi ($52,9 mlrd), Boehringer Ingelheim farmatsevtika kompaniyasiga egalik qiluvchi Byoringer va fon Baumbaxlar sulolasi ($51,9 mlrd), hindistonlik biznesmen Dxirubxay Ambanining Reliance Industries neftni qayta ishlash majmuasiga egalik qiluvchi o‘g‘illari ($50,4 mlrd) hamda Cargill Inc kompaniyasini nazorat qiluvchi Kargill va MakMillan sulolalari kirgan.

Dunyoning eng boy 25 oilasining jami boyligi 1,4 trln dollarga baholanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 113
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 136
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 162
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar