“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:59
ЎЗO‘Z

Atamboyevga qarashli telekanal efiri to‘xtatib qo‘yildi

08 avg, 16:23 2 580 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atamboyevga qarashli telekanal efiri to‘xtatib qo‘yildi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga qarashli "Aprel" telekanali efirdan olib tashlandi.
"Qirg‘iziston hukumati teletomoshabinlar uchun haqiqiy axborot qamalini uyushtirdi. Kecha kechqurun, hujumdan bir yarim-ikki soat o‘tgach, "Aprel" telekanali efirdan uzib qo‘yildi", deyiladi telekanal bayonotida.

Qayd etilishicha, "Aprel" internet-televideniye operatorlari efir jadvalidan ham olib tashlangan.
"Aprel" telekanali bu holatni so‘z erkinligini bo‘g‘ish deb baholamoqda.

Shu bilan birga Qirg‘izistonning "24.kg" axborot agentligiga DDOS-hujumi amalga oshirildi. Natijada foydalanuvchilar vaqti-vaqti bilan saytga kira olishmayapti.

7 avgust kuni Atamboyevni qo‘lga olish uchun maxsus amaliyot o‘tkazildi. Uning qarorgohi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus bo‘linma uning uyiga bostirib kirdi, ammo ichkarida qarshilikka uchradi, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘ldi. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi to‘qnashuv oqibatida 50dan ortiq kishi jarohatlandi, bir nafar harbiy kasalxonada vafot etdi.
Almazbek Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshlanganini e’lon qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 0
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar