“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

Atamboyev ozodlikda, Jeenbekov ta’tilini erta tugatib Bishkekka qaytdi

07 avg, 23:47 3 637 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atamboyev ozodlikda, Jeenbekov ta’tilini erta tugatib Bishkekka qaytdi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda TASS agentligi sobiq prezidentning shtabiga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyevni qo‘lga olish uchun Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus topshiriqli bo‘linma uning uyiga bostirib kirgan, ammo ichkarida qarshilikka uchragan, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘lgan. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olingan.

Kaktus.media tarqatgan xabarga ko‘ra, maxsus topshiriqli bo‘linma xodimlari yig‘ilganlar tomonidan kaltaklangan. Ayni vaqtda voqea joyiga qo‘shimcha kuchlar yo‘l olgan.

Atamboyevning shtabi vakili izohlashicha, uyga boradigan yo‘llar o‘rab olingani uchun u yerga hech kim kira olmayapti, ichkarida yong‘in chiqqan va otishma ovozlari davom etmoqda.


Voqea joyidan uzatilayotgan translyatsiyada Almazbek Atamboyev hali ham o‘z uyida, tarafdorlari qurshovida ekanini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sooronboy Jeenbekov ta’tilini barvaqt tugatib, poytaxt Bishkekka qaytgan.

Bugun, 7 avgust kuni sobiq prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida otishma ovozlari eshitila boshlandi. Internetda tarqalgan videolarga ko‘ra, uyni maxsus topshiriqli bo‘linmalar xodimlari qamal qilgan. Uyda sobiq prezidentning tarafdorlari bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 15 kishi jarohatlangan. Ular orasida Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdilya Segizbayev ham bor.

Almazbek Atamboyev 2011—2017 yillarda Qirg‘izistonga prezidentlik qilgan va vakolati yakuniga yetgach, hokimiyatni o‘zidan keyingi prezident — So‘ranboy Jeenbekovga tinch yo‘l bilan topshirgan nafaqat Qirg‘iziston tarixidagi, balki Markaziy Osiyo tarixidagi ilk davlat rahbariga aylangan edi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 104
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar