Angliyaning «Liverpul» futbol klubi futbolchisi Muhammad Saloh Makka shahrida umra ziyoratini amalga oshirgan. Saloh Fransiyada o‘tadigan yozgi tayyorgarlik yig‘iniga qo‘shilishdan avval ziyorat qilgan.
Haj va umra ziyoratiga ko‘plab futbolchilar borib turadi. Masalan, bu yilgi ramazon oyida «Manchester Yunayted» yulduzi Pol Pogba va «Chelsi» himoyachisi Kurt Zuma ham umrani ado etgan.
«Arsenal» yulduzi Mesut O‘zil esa 2016 yilgi Yevropa chempionati oldidan ziyorat qilgan.