“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:12
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti ta’tilni qanday o‘tkazayotgani namoyish qilindi (foto, video)

05 avg, 10:30 3 818 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti ta’tilni qanday o‘tkazayotgani namoyish qilindi (foto, video) Ayni vaqtda ta’tilda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uni faol ravishda o‘tkazmoqda. Turkmaniston televideniyesi Berdimuhamedovning qanday hordiq chiqarayotgani haqidagi lavhani namoyish qildi.

Lavhada Turkmaniston rahbari erta tongdan velosipedda sayr qilayotgani, yilqichilik majmuasida ahaltaka otini choptirayotgani va Ashxobodning Olimpiya shaharchasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, lavhada Berdimuhamedov turli musiqiy asboblar chalayotgani va yangi musiqiy asari ustida ishlayotgani tasvirlangan.

Turkmaniston rahbari, shuningdek, turkman alabayi zotidagi itlar haqidagi kitobini nihoyasiga yetkazgan. Lavha so‘ngida Berdimuhamedov avtomobilda Turkmanistonning bosh diqqatga sazovor joylaridan biri – Qoraqumdagi gaz krateriga borgani tasvirlangan. Mamlakatda ushbu gaz krateri “Qoraqum yog‘dusi” deb ataladi, xorijda esa “Jahannam eshiklari” sifatida ma’lum.

20 iyulda Turkmaniston rahbarining vafot etgani haqida gaplar paydo bo‘lgandi, biroq rasmiy Ashxobod bu mish-mishlarni rad etgan. Ayni vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati 15 iyuldan 15 avgustgacha ta’tilga chiqqan.
Bungacha Turkmaniston televideniyesi mamlakat rahbarini oxirgi marta 24 iyulda namoyish qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 120
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 53
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 318
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar