“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:44
ЎЗO‘Z

Amerika Rossiyaga kiritilayotgan yangi sanksiyalar haqida ma’lumot berdi

04 avg, 18:20 3 013 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerika Rossiyaga kiritilayotgan yangi sanksiyalar haqida ma’lumot berdi Rossiyaga nisbatan Skripallar ishi doirasida kiritilayotgan sanksiyalar davlat qarziga cheklovlar hamda xalqaro tashkilotlarga Moskvaga kreditlarni taqdim etmaslik talabini o‘z ichiga oladi, deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonnomasida. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

"Sanksiyalarning ikkinchi raundi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: AQSh Rossiyaga xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan Butunjahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan har qanday turdagi kredit, moliyaviy ko‘mak yoki texnik yordam ko‘rsatilishiga qarshi bo‘ladi", - deya ta’kidlangan idora bayonotida.

XVJ ayni vaqtda Rossiyada kreditlashni amalga oshirmaydi, AQSh bunda bosh rol o‘ynovchi Butunjahon banki esa Moskva va Vashingtonning Ukraina bo‘yicha kelishmovchiliklari fonida yangi loyihalarga cheklov kiritgan.

Bundan tashqari, yaanksiyalar AQSh savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan tovar va texnologiyalar ro‘yxati doirasida eksportga doir qo‘shimcha cheklovlarni joriy etmoqda. Ular faqatgina ommaviy qirg‘in quroli bilan bog‘liq materiallarni qamrab oladi.

"Davlatga qarashli yoki davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Rossiya kompaniyalariga ushbu materiallar eksportiga litsenziya berish ta’qiq prezumpsiyasidan kelib chiqqan holda ko‘riladi", - deyiladi davlat departamenti bayonotida.

Shu bilan birga mavjud shartnomalarni amalga oshirish borasida cheklov qo‘yilmagan.

Sanksiyalarning birinchi paketidagi holatda bo‘lgani kabi, yangi cheklovlar 15 kundan so‘ng, ular haqida AQSh kongressi xabardor etilgach, ya’ni 19-avgustda kuchga kiradi. Bu sanksiyalar kamida 12 oy amal qiladi, deb ma’lum qilmoqda davlat departamenti. Moskva xalqaro inspektorlarga "kimyoviy quroldan foydalanmaslik kafolatini" namoyish etgan va "Solsberidagi hujum qurbonlari uchun badal" to‘lovini amalga oshirgan taqdirdagina cheklovlar bekor qilinishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 1
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 2
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 139
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar