“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:23
ЎЗO‘Z

Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olish soddalashtirildi

03 avg, 00:23 4 075 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olish soddalashtirildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin alohida toifadagi xorij fuqarolariga vaqtincha yashash uchun kvotadan tashqari ruxsat berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, vaqtincha yashash uchun ruxsat olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati 6 oydan 4 oygacha qisqartirildi. Shuningdek, alohida toifadagi xorij fuqarolariga vaqtincha yashash uchun kvotadan tashqari ruxsat beriladi. Bu norma Rossiyada tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan, Rossiyaga ko‘ngilli ravishda ko‘chib o‘tish dasturi ishtirokchisi bo‘lgan, qochoq deb tan olingan yoki Rossiyadan vaqtinchalik boshpana olgan fuqarolarga tatbiq etiladi.

Yashash guvohnomasini cheklanmagan muddatga berish amaliyoti joriy etiladi (hozirda yashash guvohnomasi besh yil muddatga beriladi), bundan yuqori malakali mutaxassislar va ularning oila a’zolari (ishlash uchun ruxsatnoma tugash muddatiga qadar beriladi) hamda malakali mutaxassislar (uch yil muddatga beriladi) mustasno.

Vaqtinchalik yashashga ruxsat olmasdan yashash guvohnomasi olishi mumkin bo‘lgan xorij fuqarolari doirasi kengaytirildi. RSFSR hududida tug‘ilgan va o‘tmishda SSSR fuqarosi bo‘lgan, hamda Qrim muxtor ittifoq respublikasidan deportatsiya qilinganlar va ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari ana shunday fuqarolar toifasiga mansub deb hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 1
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 183
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 215
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar