“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 18:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik shaxs aeroportdagi ventilyatsion shaxta orqali Koreya hududiga kirishga urindi

29 iyul, 11:30 2 842 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik shaxs aeroportdagi ventilyatsion shaxta orqali Koreya hududiga kirishga urindi Koreyalik rasmiylar mamlakatga uch nafar sayyoh - Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarini kiritmadi. Ammo erkaklarda mamlakatga kirish istagi juda kuchli bo‘lgan, shu sababdan ular o‘zaro til biriktirdi hamda ventilyatsion shaxtalar orqali kirishga urindi. Buning uchun ular aeroport hojatxonasi tomini ochishga majbur bo‘lishdi, deb yozadi Kun.uz. Ammo ular qo‘lga olingan.

Seuldagi Incheon xalqaro aeroporti uchish zonasidan hojatxona tomi orqali qochishga urinish chog‘ida xavfsizlik xizmati uch nafar erkakni qo‘lga oldi. Bundan oldin, 34 yoshli rossiyalik, 26 yoshli o‘zbekistonlik va 25 yoshli qozog‘istonlik shaxs Koreyaga kirishga harakat qilgan, ammo ularga ruxsat berilmagan.

Koreyalik rasmiylarning fikricha, sayyohlar niqobi ostida erkaklar noqonuniy ish topish maqsadida mamlakatga kirishga uringan. Ularni vataniga qaytarib yuborishga qaror qilishgan.

Qo‘lga olinganlar deportatsiya qilinuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus xonaga joylashtirildi. Bir xonada bo‘lishganida, ular o‘zaro tanishgan va aeroportdan qochib, Janubiy Koreya hududiga noqonuniy kirishga qaror qilishgan.

Ular hojatxonaga yo‘l olib, tomni ochishgan va panjarani sindirishgan, so‘ng ventilyatsion shaxtalar hamda texnik o‘tish joylari orqali aeroport binosining boshqa qanotiga o‘tishgan. Qo‘riqchilar qochishga uringan erkaklarni qidira boshladi. Natijada, uch nafar shaxs aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Raisiyning o‘limi Eron oliy rahnamosi o‘g‘lini otasining asosiy vorisiga aylantirdi 20 мая, 18:13 0
  • Haaga sudi prokurori Netanyahu va Hamas yetakchilarini hibsga olishni so‘radi 20 мая, 17:31 12
  • Rossiyaning Xarkiv viloyatini o‘qqa tutishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi 20 мая, 16:43 37
  • AQSH rasmiysi Netanyahu bilan uchrashgan vaqtda Isroil G‘azoga zarba berdi 20 мая, 16:32 39
  • Eron prezidentining halokati: birlamchi mulohazalar 20 мая, 16:11 170
  • Eron prezidentining o‘limidan kim manfaatdor edi? 20 мая, 15:59 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Quyosh nurining foydasi va zarari: oftobda toblanish teri saratoniga sabab bo‘ladimi? 20 мая, 17:50 2
  • Haaga sudi prokurori Netanyahu va Hamas yetakchilarini hibsga olishni so‘radi 20 мая, 17:31 12
  • “Sevgi iztirobi” serialidagi Asu — Melisa Asli Pamuk turmushga chiqdi 20 мая, 17:00 12
  • Rossiyaning Xarkiv viloyatini o‘qqa tutishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi 20 мая, 16:43 37
  • AQSH rasmiysi Netanyahu bilan uchrashgan vaqtda Isroil G‘azoga zarba berdi 20 мая, 16:32 39
  • Mutaxassis: qulupnayni tuzli suvda chayib iste’mol qilgan yaxshi 20 мая, 16:27 28
  • Chegaradan yashirincha olib o‘tilayotgan «Makarov» to‘pponchasi fosh qilindi 20 мая, 16:15 24
  • Eron prezidentining halokati: birlamchi mulohazalar 20 мая, 16:11 170
  • Eron prezidentining o‘limidan kim manfaatdor edi? 20 мая, 15:59 233
  • Eron prezidenti o‘limiga ichki dushmanlar aloqador bo‘lishi mumkin 20 мая, 15:50 165
  • Slovakiya rasmiylari: Fitsoga hujum qilgan shaxsning sherigi bo‘lgan bo‘lishi mumkin 20 мая, 11:11 90
  • Zelenskiy: Rossiya front chizig‘ida qo‘shinlarimizni zaiflashtira olmaydi 20 мая, 10:44 215
  • Bo‘limlar