Foto: Yevgeniy Feldman27 iyul, shanba kuni Rossiya poytaxti Moskvada minglab odamlar ko‘chalarga chiqib norozilik aksiyalari boshladi. Ular Moskva davlat dumasi uchun saylovlarda mustaqil nomzodlardan hech kim o‘z nomzodini ilgari sura olmaganidan norozi bo‘lishmoqda. Politsiya namoyish tashkilotchilaridan Ivan Jdanov, Dmitriy Gudkov va Yuliya Galyaminani qo‘lga olgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ichida nomzodi qabul qilinmagan muxolifatchi Ilya Yashin, bir qator jurnalistlar va shunchaki ko‘chadan o‘tib ketayotgan odamlar ham bo‘lgan.
Foto: Yevgeniy FeldmanFotograf Konstantin Konovalovning aytishicha, u ertalab shunchaki yugurish uchun ko‘chaga chiqqan vaqti qo‘lga olingan: «Ertalabki yugurish uchun chiqqandim. Shahar meriyasi oldidan o‘tib ketayotganimda ushlab, yuzimni asfaltga tirashdi»,- deb yozgan jurnalist o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Politsiya namoyishchilarni qo‘lga olishdan tashqari muxolifat nashrlar binosida ham surishtiruv o‘tkazgan. «Dojd» kanali rahbari so‘roq qilingan. Odamlar ayovsiz savalandi.
Foto: Yevgeniy Feldman Foto: Yevgeniy Feldman Foto: Yevgeniy FeldmanTvitter foydalanuvchilari Moskvadagi namoyishlardan olingan videolarni sahifalariga joylab borishdi. Videolarda odamlar ayovsiz savalanayotganini ko‘rish mumkin. Kuch ishlatar organ vakillari plakat ko‘targan va har xil qichqiriqlarni aytayotgan odamlarni rezina tayoq, elektroshoker va ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz bilan «tinchlantirishmoqda».
Foto: Yevgeniy Feldman Foto: Yevgeniy FeldmanVideolardan birida odamlar yerda yotganlarni urayotgan Rosgvardiya xodimlariga qarab «pozor» deb baqirgani ko‘ringan.
Foto: Yevgeniy FeldmanRosgvardiya va politsiya minglab odamlarni qo‘lga olgan, yana yuzlab odamlar turli darajada jarohat olishgan. Odamlar qattiq qarshilikka qaramay turli chiqishlar bilan poytaxt ko‘chalarida namoyishlarni davom ettirishdi. Ular «Men o‘z nomzodimni tanlashga haqliman», «Rossiya ozod bo‘ladi» deya qichqirishmoqda.
Manba: Kun.uz