“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:34
ЎЗO‘Z

Dubay amiri va malika Haya ajrashadi – bu haqda rasman e’lon qilindi

26 iyul, 09:35 3 829 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dubay amiri va malika Haya ajrashadi – bu haqda rasman e’lon qilindi Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktum va Iordaniya malikasi Haya bint Ol-Husayn rasman ajrashayotganlarini e’lon qilishdi. StarHit portalining yozishicha, Londonda bo‘lib o‘tadigan ajrashish jarayonida mol-mulk emas, farzandlar kim bilan qolishi masalasi hal etiladi.

Xabar qilinishicha, London sudidagi ilk eshituvlar iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Ajrashish to‘g‘risidagi arizalar allaqachon sudga topshirilgan.

«Bu eshituvlar bolalarning keyingi taqdiri, ularning farovonligiga doir bo‘ladi, moliyaga tegishli bo‘lmaydi», — deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanishicha, qochib ketgan malika manfaatlarini advokat Fiona Sheklton himoya qiladi. U malika Diana va shahzoda Charlzning ajrashish jarayonida ishtirok etgan. Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktum esa, o‘z navbatida yurist Elen Uordni yollagan bo‘lib, u qo‘shiqchi Madonnaning rejissyor Gay Richi bilan ajrashishida pop yulduziga yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yoz mavsumi boshida Haya Ol-Husayn turmush o‘rtog‘idan Britaniya poytaxtiga qochib ketgan va boshpana so‘ragan edi. Dastavval, malika o‘zi bilan 40 mln dollar hamda Amir bilan farzandlari — 11 yoshli Al-Jalila hamda 7 yoshli Zaydni olib ketgani xabar qilindi.

Iordaniyaning marhum podshohi Husayn ibn Talalning qizi, Iordaniyaning hozirgi podshohi Abdulloh II singlisi, 45 yoshli malika Haya Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Ol-Maktumga 2004 yilda turmushga chiqqan edi. U shayxning oltinchi va kenja rafiqasi bo‘ldi. Amirning barcha xotinlaridan 23 nafar farzandi bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar