“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:42
ЎЗO‘Z

Janubiy Koreyada velosipedlarni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olindi (video)

23 iyul, 11:50 6 542 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Janubiy Koreyada velosipedlarni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olindi (video) Janubiy Koreya politsiyasi velosipedlarni o‘g‘irlab, o‘z davlatiga eksport qilmoqchi bo‘lgan chet ellik talabalarni qo‘lga oldi. Bu haqida Yonhap yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

Chonjudagi politsiyasi bo‘linmasi joriy yilning 19 iyulida 29 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi va 23 yoshdagi 2 nafar o‘zbekistonlik talaba ikki-uch hafta davomida 34 ta velosipedni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi.

Politsiya xodimlarining xabar berishicha, ular shahardagi ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalar oldida joylashtirilgan velosipedlarni o‘g‘irlashgan va ularni tashish uchun maxsus yuk mashinasidan foydalanishgan.

Birinchi navbatda politsiya xodimlari jabrlanuvchilarning arizasi asosida tergovni boshlab, kuzatuv kameralari (CCTV) oqrqali voqeani tahlil qilishgan.

#Uyat bularni nima deb nomlashga tilim ojiz! Velosiped o’g’rilari ushlandi. Kecha Cheonju politsiyasi 29 yoshli Qirg’iziston va 2 ta 23 yoshli O'zbekiston fuqarolarini ushlangani xaqida xabar berdi, ular 3 iyuldan buyon 34ta velosiped o’g’irlashgan. Velosipedlarni olib ketish uchun 1 tonnalik mini gruzovik mashinasidan foydalanishgan. Qirg’izistonlik fuqaro velosipedlarni o’zi yashayotgan shaxarga jo’natishga urunganligini tan olgan Ehh o'zbeklarni nomini sharmanda qildilaring sanlar boruu????????????????

Опубликовано Koreyadagi Uzbeklar Jamiyati Суббота, 20 июля 2019 г.

Qirg‘iziston fuqarosi velosipedlarni o‘z mamlakatiga eksport qilmoqchi bo‘lganligini tan oldi.
Ayni damda politsiya o‘g‘irlangan barcha velosipedlarni qidirishda va bu ishga aloqador shaxslarni qo‘lga olishda davom etmoqda.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada yashaydigan hamyurtlarimiz orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz bunday uyatli holat Koreyada ko‘p takrorlanishini afsus bilan tan olishgan bo‘lsa, yana aksariyat o‘zbeklar bu kabi xunuk ishlarni amalga oshirgan fuqarolar millatimiz sha’niga dog‘ tushirayotganini qayd etgan. Shuningdek, ko‘pchilik Janubiy Koreya eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi, u yerda kuzatuv kameralari tun-u kun ishlashini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 166
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 309
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar