“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:26
ЎЗO‘Z

OAVda Turkmaniston prezidenti o‘limi haqida xabarlar tarqalmoqda

21 iyul, 20:30 4 934 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OAVda Turkmaniston prezidenti o‘limi haqida xabarlar tarqalmoqda OAVda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda. Bu haqda dastlab «Govorit Moskva» Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.

«Bu aniqmi, deb so‘raganimizda, ular maxsus xizmatlarda ishlaydigan tanishlari bu haqda aytgani, voqea Berdimuxamedov ta’tilga chiqqanida yuz berganini ma’lum qilishdi», degan Rubayev.

5 iyuldan keyin omma oldida ko‘rinish bermagan Gurbanguli Berdimuxamedov ijod bilan mashg‘ul bo‘lish uchun 15 iyul kuni ta’tilga chiqqani ma’lum qilingandi.

Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida ilk xabarlar 20 iyul kuni arab davlatlari hayotini yoritishga ixtisoslashgan ElMurid telegram-kanalida tarqalgandi.

«Svobodnыy Turkmenistan» YouTube-kanali ham Ashxaboddagi muxbiriga asoslangan holda prezident 20 iyul kuni vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqatgan, o‘limga buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilgandi.

Ayni vaqtda mintaqadagi nashrlarning barchasi siyosatchining o‘limi haqida faqat birgina manba - ekspert Aslan Rubayevga asoslanib xabar tarqatmoqda va bu xabar boshqa manbalar tomonidan rasman tasdiqlanmayapti.

Ma’lumotlar olish uchun yopiq bo‘lgan Turkmaniston tomoni esa tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirgani yo‘q - ma’lumot na tasdiqlanmoqda va na inkor etilmoqda.

FreedomHouse Turkmanistonni — jahondagi axborot olish uchun eng yopiq mamlakatlardan biri sifatida qayd etgan, bu mamlakat hayoti haqidagi norasmiy manbalar xorijiy nashrlarda chiqadi.

«Xronika Turkmenistana» manbasiga ko‘ra esa Turkmaniston prezidentining «g‘oyib bo‘lishi» uning onasi Germaniyaga og‘ir ahvolda olib ketilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

May oyida ham prezident vafoti haqida xabarlar tarqalgan, lekin keyinroq aslida uning onasi Ogulabat Berdimuxamedova og‘ir xastalikka chalingani va unga qarash uchun Ashxobodga turkiyalik shifokorlar yetib kelgani ma’lum bo‘lgandi.

«Xronika Turkmenistana» xabariga ko‘ra, prezidentning onasi 10 kundan buyon Germaniyada da’volanayotgan edi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, prezident samolyotini oxirgi marta 12 iyul kuni Germaniya hududida ko‘rishgan.

Berdimuxamedov 1957 yilda Ashxobodda tug‘ilgan. U 2006 yil dekabrida Saparmurod Niyozov (Turkmanboshi) vafot etgach hokimiyatga kelgan - 2007 yil 14 fevralida Turkmaniston prezidentiga aylangan. U 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz olib, uchinchi muddatga qayta saylangandi. Bu saylovdan oldin esa mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgandi.

To‘ldirish: Prezident o‘limi haqida xabarlar tarqalayotgan bir mahalda «Turkmenistan: zolotoy vek» nashrida prezident tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklagani to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar