“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:57
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng go‘zal arab qirolichalari (foto)

22 iyul, 07:00 15 221 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng go‘zal arab qirolichalari (foto) Arab malikalarining hayoti hamisha omma uchun qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Biroq aksariyat arab qirolichalari sharq ayollari haqida o‘tmishdan saqlanib qolgan qarashlarni o‘zgartirgan holda hayot kechirmoqda. Ular o‘zining nafaqat go‘zalligi, balki faoliyati bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan arab qirolichalari hisoblanadi.

Iordaniya qirolichasi Raniya

Foto: «Zen.yandex.ru»
Raniya 1970 yilda oddiy oilada dunyoga kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i Abdulloh II bilan qirolning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bir firmada ishlash uchun kelganida tanishib qolgan. Sevishganlar 1993 yilda oila qurdi. Turmush o‘rtog‘i Iordaniya taxtini egallagach, u ham 29 yoshida qirolicha deb tan olingan. Hozir ularning to‘rt nafar farzandi bor.

Raniya ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi dunyodagi eng mashhur va go‘zal qirolicha hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqiga ham ega. Instagram tarmog‘ida 5 milliondan ortiq foydalanuvchi uning postlarini kuzatib boradi.

Iordaniya malikasi Hayya Bint al Huseyn

Foto: «Zen.yandex.ru»
Hayya 1974 yilda Iordaniya qirollik oilasida tavallud topgan. U ot sport bilan shug‘ullanib, hatto jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Iordaniya malikasi ayni paytda Dubay shayxi Muhammad ibn Roshidning eng yosh xotinidir. Ularning 2 nafar farzandi bor.

Saudiya Arabistoni malikasi Amira al-Tavil

Foto: «Zen.yandex.ru»
Malika Amira al-Tavil 1983 yilda tavallud topgan. U 18 yoshida sobiq Saudiya Arabistoni qirolining jiyani shahzoda al-Valid ibn Talalga turmushga chiqqan. Amira bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan talabaligida, jurnalistlik topshirig‘ini bajarayotganda tanishib qolgan. U oilali bo‘lgandan keyin ham o‘z qiziqishlarini tashlab qo‘ymadi, xayriya ishlari bilan faol shug‘ullana boshladi. Ochlik, qashshoqlik bilan kurashishdan, Sharq ayolining haq-huquqlarini himoya qilishdan charchamadi.

Bundan tashqari Amira jamoat joylarida an’anaviy arab ayollari kiyadigan hijobni rad etgan ilk malikalardan biridir. Uning mashina haydashi ham qirollik oilasiga yoqmagan. Shu sababli Amira 2013 yilda shahzoda bilan ajrashgan. Biroq arab xalqi uni hamon Saudiya Arabiston malikasi deb hisoblaydi.

Saudiya Arabistonining malikasi Fotima

Foto: «Zen.yandex.ru»
Malika haqida negadir ko‘p ma’lumotlar sir tutiladi. Fotima Saudiya Arabistonining so‘nggi podshohi Abdullohning xotinidir. Fotima an’anaviy sharq kiyimlarini kiyib, boshqa malikalar kabi mamlakatning ijtimoiy hayotida qatnashmaydi. Turmush o‘rtog‘ining hayoti davomida o‘ttizdan ziyod xotini va 40 nafar farzandi bo‘lgan. Qur’oni Karimda faqat 4 nafar xotinga ega bo‘lishi mumkinligi bois, podshoh ajralish institutini faol qo‘llamoqda.

Iordaniya malikasi Nur

Foto: «Zen.yandex.ru»
Nur 1951 yilda AQShda tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Iordaniya qiroli Xusayn Ibn Talal uchun Islom dinini qabul qildi va Amerika fuqaroligidan voz kechdi. Ular 1978 yilda oila qurishgan. Er-xotinlar 20 yil davomida baxtli hayot kechirgan. Qirol jiddiy kasallikdan vafot etgandan so‘ng, uning o‘g‘li Abdulloh II taxtni egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar