“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:00
ЎЗO‘Z

Zelenskiy keskin tarzda mudofaa vaziridan chetroqqa o‘tib turishni talab qildi (video)

20 iyul, 08:23 4 241 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zelenskiy keskin tarzda mudofaa vaziridan chetroqqa o‘tib turishni talab qildi (video) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amaldorlar va harbiylar bilan suhbatiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Stepan Poltorakka chetroqqa o‘tib turishni buyurdi. Ushbu holat videoyozuvi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Ukrainaning Vesti nashri xabar berishicha, voqea askarlar yashaydigan tajribaviy modullarni ko‘zdan kechirish vaqtida yuz bergan. Uchrashuvda Ukraina bosh shtabi boshlig‘i Ruslan Xomchak va prezident ofisi rahbari o‘rinbosarlari Ruslan Ryaboshapka va Kirill Timoshenko ham ishtirok etgan. Videoda Poltorak suhbatga qo‘shilmoqchi bo‘lgani, biroq Zelenskiy u tomonga keskin burilib, vazirga imo-ishora bilan chetroqqa o‘tib turishni aytganini ko‘rish mumkin.

“Zelenskiy lahzalardan birida keskin burilib, unga yaqinlashgan Poltorakni o‘zidan narilatdi. Shunday bo‘lsa-da, u keyinroq mudofaa vazirining dokladini kulimsirab eshitgan va namoyishkorona tarzda uning yelkasiga qoqib-qoqib qo‘ygan”, deyilgan xabarda.

Poltorakning o‘zi “Senzor.net” nashri bosh muharririga Zelenskiy uni itarmagani, shunchaki unga o‘girilib “Bir soniya” deb aytganini ma’lum qilgan. Vazirning aytishicha, hammasi odob doirasida bo‘lgan.

Zelenskiy inauguratsiyasidan keyinoq oliy radadan Poltorakni, tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinni va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakni lavozimlaridan ozod etishni talab qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar