“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:30
ЎЗO‘Z

Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi

15 iyul, 12:15 3 842 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi Rossiya, Belarus, Tojikiston va yana 34 mamlakat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashida Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi penitensiar muassasalarda uyg‘urlarni «qayta tarbiyalash» bo‘yicha Xitoyning siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Kommersant’» nashri Rossiya delegatsiyasidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 22 davlat (Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) ochiq xatda Pekinning xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. Shundan so‘ng, yuqoridagi 40ga yaqin mamlakat BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida Xitoyning bayonotini qo‘llab-quvvatlagan.

Xitoy vakili Chen Syuyning ma’lum qilishicha, «Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida inson huquqlari sohasidagi yutuqlari qariyb 40ga yaqin delegatsiya tomonidan e’tirof etilgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida mintaqada teraktlar yuz bermagani davlat to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan beri g‘arbdagi inson huquqlari himoyasi bo‘yicha tashkilotlar, siyosatchilar va jurnalistlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «qayta tarbiyalash lagerlari» mavjudligi, ularda, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 1 milliondan 3 milliongacha kishi - uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa musulmonlar sud hamda tergovsiz kuch bilan ushlab turilgani haqida aytib keladi.

Xitoyning kreditlari va investitsiyalariga ko‘z tikkan Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston Pekin bayonotini imzolamadi, deya ta’kidlaydi «Ъ».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar