“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:14
ЎЗO‘Z

Putin 2024 yildan keyin hokimiyat tepasida bosh vazir sifatida qolishi mumkin

13 iyul, 08:20 3 110 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin 2024 yildan keyin hokimiyat tepasida bosh vazir sifatida qolishi mumkin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlardan keyin hokimiyat tepasida “kengaytirilgan konstitutsiyaviy vakolatlarga ega” bosh vazir sifatida qolishi mumkin. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Putinning yordamchilari va maslahatchilari yangilangan davlat dumasi ustidan nazoratni saqlab qolish uchun saylov qonunchiligini 2021 yilgacha o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqdalar.

Kreml bosh vazir vakolatlari prezident vakolatlari ziyoniga kengaytiriladigan ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun davlat dumasi roziligi va 2021 yilgi parlament saylovlaridan keyin “Yagona Rossiya”ga ko‘pchilik kerak bo‘ladi. Biroq nashrning yozishicha, hamma murakkablik ham shundadir: partiya reytinglari pasayayotgani ortida uning nomzodlari saylovchilarning zaruriy qo‘llab-quvvatlovini olmasliklari mumkin.

Kreml esa saylov qonunchiligini partiya nomzodlari 2021 yilgi saylovlarda mustaqil nomzodlar sifatida ishtirok eta oladigan qilib o‘zgartirmoqchi. Manbalardan birining ta’kidlashicha, partiya reytinglari pasayayotgani ortida Putin bu choralar yordamida prezidentlik vakolatlari muddati tugashiga 3 yil qolganda yangi parlament ustidan to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olishi mumkin bo‘ladi.

Kremlga yaqin ikki manba va “Yagona Rossiya”ning yuqori lavozimli a’zosi bunday ssenariy Putinga 2024 yildan keyin hokimiyat tepasida qolishga imkon berishini tasdiqlagan. Shunda “hukmron partiya raisi va kengaytirilgan vakolatlarga ega bosh vazir” sifatida butun hokimiyat Putin qo‘lida bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 237
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar