“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:11
ЎЗO‘Z

Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin

12 iyul, 10:36 3 214 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin Yevropa Ittifoqi Turkiya Kipr suvlarida gaz konlarini noqonuniy qidirayotgani sababli Anqara bilan savdo muzokaralarini to‘xtatadi va Turkiyaga keyingi yilga mo‘ljallangan moliyalashtirishni muzlatadi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror hali qayta ko‘rib chiqilishi mumkin va Bryusselda muhokama qilinmoqda. “Turkiya noqonuniy burg‘ilashni davom ettirayotgani sababli Yevropa Ittifoqi Anqara bilan transport kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatadi va u bilan oliy darajada boshqa hech qanday uchrashuv o‘tkazmaslik bo‘yicha kelishmoqda”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, agar Turkiya burg‘ilashni davom ettirgudek bo‘lsa, Yevropa davlatlari unga qarshi yanada qat’iyroq sanksiyalar kiritishga tayyor.

Noma’lum bo‘lib qolishni istagan yevropalik diplomat agentlik bilan suhbatda Yevropa Ittifoqi bayonoti bo‘yicha xavotir bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bu masalada ehtiyotkorlik bilan harakat qilinmoqda, chunki Yevropa Ittifoqiga Turkiya bilan migratsiya, NATO va terrorchilik masalalari bo‘yicha kooperatsiya zarur. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining ba’zi davlatlari Turkiyaga energetika masalalarida tobe ekanligini aytgan va katta ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Kipr oroli ikkita davlatga bo‘lingan. Ulardan biri – Kipr Respublikasi Yevropa Ittifoqi a’zosi, Shimoliy Kipr Turk respublikasi deb ataluvchi ikkinchisi esa faqatgina Anqara tomonidan tan olingan mustaqil davlat hisoblanadi. Bu davlat Turkiya 1974 yilda orolga qo‘shinlar yuborib, ular orolning uchdan birini egallab olganlaridan keyin tashkil topgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar