“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:27
ЎЗO‘Z

Atamboyev ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa bormasligini ma’lum qildi

09 iyul, 10:30 2 966 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atamboyev ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa bormasligini ma’lum qildi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jurnalistlarga ichki ishlar vazirligi bosh tergov boshqarmasiga so‘roqqa bormasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 9 iyulga guvoh sifatida ichki ishlar vazirligiga chaqirtirilgani ma’lum qilingandi. Uning Koy-Toshdagi uyiga so‘roqqa kelish haqidagi chaqiriq qog‘ozi yetkazilgan. Hozircha Atamboyev qaysi ish bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirilgani noma’lum.

Atamboyev chaqiriq qog‘ozini ko‘rmaganini va barcha hujjatlarni o‘zining huquqiy masalalar bo‘yicha vakili Sergey Slesarevga berishini aytgan.

“Hokimiyat huquqiy maydon tashqarisiga chiqib, ayblovlar bildirish bilan o‘yin uyushtirgan bir vaqtda nima uchun so‘roqqa borishim kerak? Men ularning qog‘ozlarini qo‘limga olmayman. Ular bu qog‘ozlarni Slesarevga jo‘natishlari mumkin. Ular uyushtirgan sirkda o‘ynash niyatim yo‘q”, deb aytgan sobiq prezident.

Ma’lumki, Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha tergov olib bormoqda. Bu Atamboyev aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 ta jinoiy epizoddan biri hisoblanadi.

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi 27 iyunda Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum etish haqidagi qarorni qabul qildi. Shu tariqa, sobiq prezident daxlsizlikdan va bir qator imtiyozlardan mahrum bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 202
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar