Foto: Delfi Riga meri Daynis Turlays mazkur lavozimga saylanganidan uch hafta oʻtib isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda “Daryo.uz” xabar bermoqda.
Latviya poytaxti parlamenti deputatlarining yarmi (60 kishidan 31 nafari) shu qaror uchun ovoz berdi. Muxolifatga koʻra, Turlays sobiq mer Nil Ushakov va uning sobiq oʻrinbosari Andris Ameriksning odami boʻlgan.
“Nihoyat Ushakov—Ameriks blokini yoʻq qilishga yaqinmiz. Oʻshalar tufayli Rigada buzilgan koʻpriklar va korrupsiyaviy mojarolar”, — dedi muxolifat deputati Viyesturs Zeps.
Maʼlumot uchun, Nil Ushakov joriy yil 29-may kuni Yevroparlamentga ishlashga oʻtgani sababli Riga meri lavozimini tark etgandi.