“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:30
ЎЗO‘Z

Zelenskiy prezident ma’muriyati binosidan ko‘chmasa «aqldan ozishi»ni aytdi

20 iyun, 12:57 3 146 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zelenskiy prezident ma’muriyati binosidan ko‘chmasa «aqldan ozishi»ni aytdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident ma’muriyati binosidagi ish sharoitidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, agar u boshqa joyga ko‘chib o‘tmasa, “aqldan ozishi” mumkin.

“Bu yerda qolib bo‘lmaydi, men bu yerda aqldan ozaman”, deb aytgan Zelenskiy.

Prezident ma’muriyatida davlat rahbari uchun yangi bino qidirilayotgani, amaldagisi esa muzeyga aylantirilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

“Ha, katta badiiy muzeyga”, deb tasdiqlagan buni Zelenskiy.

Ukraina prezidenti ma’muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.

Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma’muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 110
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 237
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 145
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 61
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar