“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:43
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi

14 iyun, 10:41 3 377 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.

Berdimuxamedov ushbu malakalarini o‘quv-mashg‘ulot markazida namoyish qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi milliy armiya qo‘shinlarining tayyorligini to‘satdan tekshirish maqsadida yarimtundan keyin tegishli bo‘linmalarning jangovar shay holatga keltirilishini buyurgan. Trevoga bo‘yicha harbiy qismlarning shaxsiy tarkiblari oyoqqa turg‘izilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar o‘quv-mashg‘ulot markaziga yo‘l olgan.

Bu yerda Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, velosipedga o‘tirgan va yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan uchta nishon oldida burilishlar bajarib, ulardan har biriga uchtadan o‘q uzgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi barcha nishonlarni aniq mo‘ljalga olib, o‘zining yaxshi jismoniy tayyorgarlikda ekani va o‘q otish mahoratini yana bir namoyish qilgan va harbiylarga o‘rnak ko‘rsatgan.

Berdimuhamedov muntazam ravishda qo‘l ostidagilarga turli o‘qotar qurollardan o‘q otish malakasini namoyish qilib keladi. Biroq, ta’kidlanishicha, velosipedda o‘tirib aniq o‘q otish malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyish qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar