“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:56
ЎЗO‘Z

Pol Pogba: «Islom dini dunyoqarashimni o‘zgartirishga va yaxshi inson bo‘lishimga yordam berdi»

12 iyun, 23:22 3 341 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pol Pogba: «Islom dini dunyoqarashimni o‘zgartirishga va yaxshi inson bo‘lishimga yordam berdi» «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba dinga bo‘lgan munosabati haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Manchester Evening News xabar berdi.

26 yoshli fransiyalik Islom diniga e’tiqod qiladi. U may oyida musulmonlar uchun muqaddas bo‘lmish Ramazon oyida Makkaga Haj ziyoratiga bordi.

«Islom men uchun hamma narsa. U menga barcha ne’matlar uchun shukr qilish imkoniyatini berdi. Islom meni hayotda hamma narsaga tushunishga o‘rgatdi. Islom sabab ichki xotirjamlikka erishdim, deb o‘ylayman.

Bu mening hayotimdagi eng yaxshi o‘zgarish bo‘ldi. Chunki onam musulmon bo‘lishiga qaramasdan men musulmon bo‘lib tug‘ilmagandim.

Islom bu hamma ko‘rib, bilib turgan terrorizm emas. Biz ommaviy axborot vositalari orqali eshitayotgan narsalar aslida boshqa narsa. Bu qandaydir boshqacha tuyg‘u. O‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Har bir inson islomga aloqasi borligini his qilib turadi. Do‘stlarimning ko‘pchiligi musulmon bo‘lgani uchun shu fikrga kelganman. Biz har doim islom dini haqida suhbat quramiz.

O‘zimga ko‘plab savollar berdim, keyinchalik esa ko‘p izlanishlar qildim. Bir kuni do‘stlarim bilan birgalikda ibodat qildim va o‘zimni boshqacha his qildim. O‘sha kundan boshlab ibodat qilishni davom ettirdim. Kuniga 5 mahal namoz o‘qish kerak, tavba qilish va barchasi uchun shukr qilish lozim.

Bu din mening dunyoqarashimni o‘zgartirishga va yaxshi inson bo‘lishimga turtki bo‘ldi. Keyingi hayotim haqida ko‘proq o‘ylay boshladim. Islom — insoniyatni, qolaversa, qolgan barcha narsalarni hurmat qilishga undovchi din», — deydi Pogba.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar