“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:30
ЎЗO‘Z

Rim imperatorining oltin tangasi rekord narxga sotildi

12 iyun, 09:43 4 662 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rim imperatorining oltin tangasi rekord narxga sotildi Buyuk Britaniyada miloddan avvalgi 293-296 yillarga tegishli noyob Qadimgi Rim oltin tangasi auksion vaqtida 552 ming funt sterlingga sotildi. Bu narx shunday lotlar uchun rekord narx bo‘ldi.

Tanganing sotilishi bilan bog‘liq tafsilotlar Dix Noonan Webb auksion uyi tomonidan ma’lum qilindi. Gap yaqinda Kent grafligida shudgor qilingan yerda topilgan oltin tanga haqida bormoqda. Mutaxassislar tanga Britaniyada imperator Allektus hukmronlik qilgan davrda zarb etilganini aniqlashgan.

Tanganing og‘irligi 4,31 gramm kelib, hozirgi shunday qiymatdagi tangalardan biroz og‘irroq keladi. Kolleksionerlarga ushbu tanga Allectus aureus nomi bilan ma’lum bo‘lib, butun tarix davomida shunday tangadan bor-yo‘g‘i 24 ta topilgan.

Dastlab tanga 70-100 ming funt sterlingga sotilmoqchi bo‘lgan, biroq u uchun internet va telefon orqali murosasiz kurash kechgan. Natijada uni anonim kolleksioner sotib olgan.

“Men bu aqlbovar qilmas narxdan hayratdaman, bu tanga biz Dix Noonan Webb’da sotgan eng qimmatbaho tangadir. Endi u dunyodagi eng qimmatbaho Rim tangalaridan biri va Britaniyada zarb etilgan eng qimmatbahosi hisoblanadi”, deb aytgan auksion uy rahbari Kristofer Uebb.

Ta’kidlanishicha, imperator Allektus zamonida oltin tangalar uning miloddan avvalgi 296 yildan 293 yilgacha hukmdorligining butun davri davomida zarb etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 0
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 81
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 120
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 53
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 318
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar