“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:08
ЎЗO‘Z

IIV rahbari Putindan politsiyaning ikki generalini ishdan bo‘shatishni so‘ramoqchi

11 iyun, 21:15 3 182 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIV rahbari Putindan politsiyaning ikki generalini ishdan bo‘shatishni so‘ramoqchi «Meduza» jurnalisti Ivan Golunov ishi bilan shug‘ullangan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmat vazifasidan chetlashtirildi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, IIV ichki xavfsizlik bo‘linmasi o‘tkazgan tergov natijalari uni qo‘lga olgan politsiya xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish uchun Rossiya tergov qo‘mitasiga yuborilgan. Tekshiruv yakunlanguniga qadar politsiya xodimlari xizmat vazifasidan chetlashtirilgan.

Rossiya ichki ishlar vaziri Golunov ishi sababli Putindan politsiyaning ikki generalini ishdan bo‘shatishni so‘ramoqchi.

«Rossiya prezidentidan IIVning Moskva bo‘yicha giyohvand moddalar aylanmasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i politsiya general-mayori Yuriy Devyatkin va Moskva g‘arbiy administrativ okrugi IIB boshlig‘i politsiya general-mayori Andrey Puchkovni lavozimidan ozod qilishni so‘rashga qaror qildim», - dedi Kolokolsev.

Avvalroq Vladimir Kolokolsev Ivan Golunov javobgarlikdan ozod qilinishini ma’lum qilgandi.
Kolokolsevning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistning aybdorligi isbotlanmagan va unga qarshi jinoiy ish yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Meduza»ning maxsus muxbiri, o‘zining o‘tkir jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan jurnalist Ivan Golunov 6 iyun kuni Moskvada qo‘lga olingan, u katta miqdordagi narkotik moddalar saqlashda ayblangandi. Shundan keyin Moskvada va Rossiyaning boshqa shaharlarida, shuningdek xorijda ham «Meduza» jurnalistini ozod etishni talab qilgan holda ommaviy aksiyalar o‘tkazila boshlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar